O‘zbekistonda turistik klasterlarni tashkil etish tartibi belgilandi

Endilikda turistik klasterlarda hunarmandchilik shoxobchalari mavjudligi inobatga olinadi

O‘zbekistonda turistik klasterlarni tashkil etish tartibi belgilandi

O‘zbekistonda turistik klaster maqomi kompleks turistik xizmatlar hamda turistning va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun zarur bo‘lgan boshqa qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatuvchi mustaqil tashkilotlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar majmuiga beriladi. Bu haqda nizom tasdiqlandi.  

Unga ko‘ra turistik klasterlar belgilangan tartibda turistik klaster maqomi to‘g‘risidagi guvohnomani olgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi. Bu maqomni berish vakolati esa turizm qo‘mitasiga topshirildi. 

Bunda, ariza beruvchi elektron shaklda yoki pochta orqali belgilangan shakldagi ariza bilan vakolatli organga murojaat qiladi.

Shuningdek, turistik klasterlarni tashkil etish va turistik klaster maqomini olish uchun tadbirkorlik subyektlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • turistik klaster faoliyati turoperator – mehmonxona – transport – xizmatlarini ko‘rsatish bilan to‘liq qamrab olinganligi;
  • turistik klaster hududida sig‘imi kamida 40 nafar mehmon uchun mo‘ljallangan joylashtirish vositasining mavjudligi;
  • turistik klaster hududida mahalliy hunarmandchilik mahsulotlarini (esdalik sovg‘alari) sotish shoxobchalari (kamida bitta savdo nuqtasi) mavjudligi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi yil arafasi Toshkentda avtobuslar harakatlanish jadvali uzaytiriladi
/
Yangi yil arafasi Toshkentda avtobuslar harakatlanish jadvali uzaytiriladi
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berilmaydi — elchixona
/
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berilmaydi — elchixona
2030-yilga qadar elektr poyezdlar yo‘nalishlari soni 53 tagacha oshiriladi
/
2030-yilga qadar elektr poyezdlar yo‘nalishlari soni 53 tagacha oshiriladi