Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmat uchun qo‘shimcha haq belgilanadi

Shuningdek, aholi gavjum hududlarda dronlar yordamida patrullik kuzatuvi yo‘lga qo‘yiladi

Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmat uchun qo‘shimcha haq belgilanadi

Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmatning har bir soati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5% i miqdorida kompensatsiya to‘lanishi belgilandi. Bu haqda huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish bo‘yicha o‘tkazilgan muhokamalarda ma’lum qilindi.

Aholining huquqlarini himoya qilish va qulay sharoit yaratish maqsadida sudlar, advokatura va sud-tibbiy ekspertiza xizmatlarida ham markazlashgan tungi navbatchilik tizimini joriy etish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish topshirildi.

Shuningdek, ilg‘or tajribalar asosida aholi gavjum hududlarda dronlar yordamida patrullik kuzatuvi yo‘lga qo‘yiladi. Bu jamoat xavfsizligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Chilonzor tumanida ichki ishlar xodimlari sohasi va hududidan qat’i nazar, fuqarolarning murojaatlarini qabul qiladi. Ko‘chada formali xodimga qilingan murojaat “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qilish bilan tenglashtiriladi.

Tumandagi barcha 55 ta mahalladagi profilaktika inspektorlarining xizmat xonalari tezkor aloqa tugmalari bilan jihozlanadi. Endilikda inspektorlarga fuqaro mobil telefon va planshet orqali tun-u kun bog‘lana oladi.

Profilaktika inspektorlari uchun zamonaviy va aholiga qulay yangi forma ishlab chiqilishi belgilandi. Ularning faoliyati to‘liq raqamlashtiriladi hamda “ovozli tushuntirish xati” olish amaliyoti joriy etiladi.

Bundan tashqari, tuman ichki ishlar tergov bo‘limida materiallarni ko‘rib chiqish uchun tergovga qadar tekshiruv guruhlari tashkil etiladi. Profilaktika inspektorlari faoliyatini baholashda esa protokol tuzish asosiy mezon bo‘lmaydi.

Shuningdek, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunni amaliyotga moslashtirish va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni profilaktikaga yo‘naltirish orqali takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi. Shu maqsadda yangi qonun loyihasi ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi Bankning kafolatlanmagan mablag‘lari kreditlar va aktivlar hisobidan qaytariladi
/
Yangi Bankning kafolatlanmagan mablag‘lari kreditlar va aktivlar hisobidan qaytariladi
Toshkentda yashirin iqtisodiyot hajmi 60 trln so‘mga yetdi
/
Toshkentda yashirin iqtisodiyot hajmi 60 trln so‘mga yetdi
Davlat aktivlari agentligi rahbari yer arzon sotilgani ortidan ishdan olindi
/
Davlat aktivlari agentligi rahbari yer arzon sotilgani ortidan ishdan olindi