“Astra Exim Tech and Research Agency” Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tenderida g’olib bo‘ldi

Korxona faoliyati to‘xtaganiga qaramay 1,14 mlrd miqdoridagi loyihani qo‘lga kiritgan

“Astra Exim Tech and Research Agency” Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tenderida g’olib bo‘ldi

2025-yil 17-fevral kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan “IT ta’lim markazlariga subsidiya berish (IT Talents) axborot tizimini takomillashtirish” doirasida “IT-iste’dod”, “Uzbekcoders” va “IT-shaharcha” modullarini yaratish bo‘yicha tanlov o‘tkazildi. 

Loyihaning boshlang‘ich qiymati 1,14 mlrd so‘m etib belgilangan.

Tenderda ikki ishtirokchi o‘z takliflarini taqdim etgan. Eng past narx — 1,13 mlrd so‘m taklif qilgan “ASTRA EXIM TECH AND RESEARCH AGENCY” MCHJ g‘olib deb topilgan. 

Biroq, 17-fevral holatiga ko‘ra, ushbu kompaniya yuridik shaxslarning yagona davlat registri va Soliq qo‘mitasi ma’lumotida faoliyat ko‘rsatmayotgani qayd etilgan. 1-rasm

Boshqa manbalarga qaralsa, “ASTRA EXIM TECH AND RESEARCH AGENCY” MCHJ 2024-yil 27-iyundan beri faoliyat yuritmayotgan deb taxmin qilish mumkin.

Shu bilan birga, ushbu kompaniya 2024-yil 27-dekabr sanasida IT-Park rezidentlarining yagona reyestriga kiritilgan. (2-qism)

Bu holat tender jarayoni va g‘olib kompaniyaning hozirda faoliyat yuritayotgani borasida savollar tug‘diradi. Shuningdek, faoliyat ko‘rsatmayotgan kompaniya qanday qilib IT-Park rezidenti sifatida ro‘yxatga olingani ham juda qiziq.

1-rasm

2-qism

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Transport-logistika markazlarga 2040-yilgacha soliq imtiyozlari berildi
/
Transport-logistika markazlarga 2040-yilgacha soliq imtiyozlari berildi
O‘zbekistonda uy-joylarning energiya samaradorligini oshirish uchun 240 mlrd so‘m yo‘naltiriladi
/
O‘zbekistonda uy-joylarning energiya samaradorligini oshirish uchun 240 mlrd so‘m yo‘naltiriladi
To‘qqiz oy davomida qurilish me’yorlarini buzgan 3 mingdan ziyod obyekt buzib tashlangan
/
To‘qqiz oy davomida qurilish me’yorlarini buzgan 3 mingdan ziyod obyekt buzib tashlangan