O’zbekiston Afg’oniston va Pokiston bilan tranzit bitimini imzolashga tayyor

Shuningdek, respublika Chobaxor transport kelishuviga qo'shilishni rejalashtirmoqda

O’zbekiston Afg’oniston va Pokiston bilan tranzit bitimini imzolashga tayyor

3 iyul kuni Toshkentda O’zbekiston-Afg’oniston biznes-forumi bo’lib o’tdi, unda mamlakatlar o’rtasidagi savdo munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda transport vazirligi xabar bermoqda.

Afg’oniston yuklarini O’zbekiston hududi orqali tashish xarajatlarini kamaytirish maqsadida avtomobil va temir yo’l transporti uchun imtiyozlar berildi. 

Transport vazirining birinchi o’rinbosari Mamanbiy Omarov ikki tomonlama va tranzit tashishni rivojlantirish ikki mamlakat uchun o’zaro manfaatli bo’lishi kerakligiga ishonch bildirdi, shuning uchun yaqin kelajakda Afg’onistonda O’zbekiston yuklarini tashish uchun teng huquqli va o’zaro manfaatli tariflar joriy etiladi.

«Biz O’zbekiston, Afg’oniston va Pokiston o’rtasida tranzit bitimini ishlab chiqish va imzolashda ishtirok etishga, shuningdek, Chobaxor kelishuviga qo’shilishga tayyormiz», — deya qo’shimcha qildi Omarov.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent markazida uy-joyning bir kvadrat metri $1853 ga baholandi
/
Toshkent markazida uy-joyning bir kvadrat metri $1853 ga baholandi
2025-yilda O‘zbekistondan aviaqatnovlar Qozog‘istondagiga qaraganda arzonroq bo‘ldi
/
2025-yilda O‘zbekistondan aviaqatnovlar Qozog‘istondagiga qaraganda arzonroq bo‘ldi
BlackRock’ning sho‘ba kompaniyasi O‘zbekiston neft-gaz sohasiga sarmoya kiritishni o‘rganmoqda
/
BlackRock’ning sho‘ba kompaniyasi O‘zbekiston neft-gaz sohasiga sarmoya kiritishni o‘rganmoqda