Transport xizmatlari hajmi 2030-yilga borib 301 trln so‘mga yetkaziladi

Shuningdek, 5 ta yirik aeroport davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilinadi

Transport xizmatlari hajmi 2030-yilga borib 301 trln so‘mga yetkaziladi

Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hujjat loyihasiga ko‘ra, 2026–2030-yillarda O‘zbekistonning global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasi bosqichma-bosqich kuchaytiriladi.

Jumladan, transport xizmatlari hajmi 2026-yilda 205 trln so‘mni tashkil etadi. 2027-yilda bu ko‘rsatkich 227,9 trln so‘mga, 2028-yilda 252,7 trln so‘mga yetadi. Keyingi yillarda o‘sish davom etib, 2029-yilda 284,5 trln so‘mni, 2030-yilda esa 301 trln so‘mni tashkil etishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston hududi orqali o‘tadigan tranzit yuk tashish hajmi 2026-yilda 14,9 mln tonna bo‘lishi kutilmoqda. 2027-yilda bu ko‘rsatkich 15,3 mln tonnaga, 2028-yilda 15,7 mln tonnaga oshadi. 2029-yilda tranzit hajmi 15,9 mln tonnani, 2030-yilda esa 16 mln tonnani tashkil etadi.

Temir yo‘l yuk tashish muddatlari Samarqand–Qoraqalpog‘iston yo‘nalishida 2026-yilda o‘rtacha 9 sutkani tashkil etsa, 2027–2028-yillarda 8 sutkaga qisqartiriladi. 2029-yilda bu muddat 7 sutkaga, 2030-yilda esa 6 sutkaga tushirilishi ko‘zda tutilgan.

Yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlari hajmi 2026-yilda 199,1 trln so‘m bo‘ladi. 2027-yilda 220,9 trln so‘mga, 2028-yilda 235,7 trln so‘mga yetadi. 2029-yilda 249,3 trln so‘m, 2030-yilda esa 250 trln so‘mlik ko‘rsatkich rejalashtirilgan.

Elektrlashtirilgan temir yo‘llar ulushi 2026-yilda 53,7%ni tashkil etadi. 2027-yilda bu ko‘rsatkich 55%ga, 2028-yilda 57,3%ga oshadi. 2029-yilda 60%ga, 2030-yilda esa 65%ga yetkazilishi belgilangan.

Aviqatnovlar soni 2026-yilda 140 mingta bo‘lib, shundan 37 mingi hududlararo qatnovlarga to‘g‘ri keladi. 2027-yilda jami reyslar 145 mingta (38 ming hududiy), 2028-yilda 167 mingta (39 ming), 2029-yilda 185 mingta (40 ming) bo‘ladi. 2030-yilda esa aviaqatnovlar soni 200 mingtagacha, hududlararo reyslar esa 41 mingtagacha yetkaziladi.

Hududiy aviaqatnovlar soni 2026-yilda 624 tani tashkil etadi. 2027-yilda 728 taga, 2028-yilda 936 taga oshadi. 2029-yilda bu ko‘rsatkich 1 144 taga, 2030-yilda esa 1 560 taga yetadi.

Avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish hajmi 2026-yilda 8,6 ming kmni tashkil etadi. 2027-yilda 8,8 ming km, 2028-yilda 9 ming km, 2029-yilda 9,3 ming km va 2030-yilda 9,5 ming kmga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Pulli avtomobil yo‘llari qurilishi 2026-yilda boshlanmaydi. 2027-yilda 50 km, 2028-yilda 75 km, 2029-yilda 100 km va 2030-yilda jami 130 km pulli yo‘l foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Avtobuslar parki bosqichma-bosqich kengaytiriladi. 2026-yilda avtobuslar soni 2 453 tani tashkil etadi. 2027-yilda bu ko‘rsatkich 3 053 taga, 2028-yilda 3 653 taga, 2029-yilda 4 300 taga yetkaziladi. 2030-yilga borib esa jamoat transporti parkidagi avtobuslar soni 5 000 taga yetishi rejalashtirilgan.

2026-yilda elektrobuslar soni 746 ta bo‘ladi. 2027-yilda ularning soni 1 046 taga, 2028-yilda 1 346 taga, 2029-yilda 1 646 taga yetadi. 2030-yilda esa elektrobuslar parki 2 000 taga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, quyidagi rejalar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda:

Ko‘rsatkich 2026-yil 2027-yil 2028-yil 2029-yil 2030-yil
Nukus va viloyat markazlaridagi BRT yo‘nalishlari soni 132 ta 174 ta 208 ta 228 ta 248 ta
Tezkor poyezdlarda tashilgan yo‘lovchilar 1,5 mln 2 mln 2,5 mln 2,75 mln 3,25 mln
DXSh asosida modernizatsiya qilinadigan yirik aeroportlar 1 ta 2 ta 3 ta 4 ta 5 ta
Xususiy aviakompaniyalar soni 14 ta 14 ta 14 ta 15 ta 15 ta
Aviaparkdagi havo kemalari soni 120 ta 147 ta 158 ta 167 ta 180 ta
Havo transportida tashilgan yo‘lovchilar 16 mln 18 mln 20 mln 22 mln 24 mln

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Rossiyada Telegram’ning $500 mlnlik obligatsiyalari muzlatib qo‘yildi
/
Rossiyada Telegram’ning $500 mlnlik obligatsiyalari muzlatib qo‘yildi
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi $75,4 mlrdga yetdi
/
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi $75,4 mlrdga yetdi
“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi
/
“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi