Tramp 75 dan ortiq mamlakat uchun import bojlarini 90 kunga kechiktirdi

Buning natijasida dunyo milliarderlarining boyligi rekord darajada — $304 mlrdga oshdi

Tramp 75 dan ortiq mamlakat uchun import bojlarini 90 kunga kechiktirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp 75 dan ortiq mamlakat uchun import bojlarini joriy etishni 90 kunga kechiktirdi va bu davr mobaynida stavkani 10% gacha pasaytirdi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.

Qaror darhol kuchga kirib, Xitoydan tashqari, AQShning barcha asosiy savdo hamkorlariga amal qilmoqda. Tramp o‘zining Truth Social sahifasida tushuntirishicha, choralarning yumshatilishi o‘nlab davlatlar AQShdan boj choralarini muhokama qilishni so‘ragani va o‘zlari javob bojlarini kiritmagani bilan bog‘liq.

Bu tartib Xitoydan tashqari deyarli barcha mamlakatlarga amal qilishini hisobga olsak, O‘zbekiston ham 90 kunlik davr mobaynida 10% ga pasaytirilgan tarif stavkasidan foydalanishi mumkin. Ammo import boji kamaytirilgan miqdorda olinadigan mamlakatlar ro’yxati e’lon qilinmagan. 

Trampning aytishicha, javob tariflarini joriy etgan Xitoyga nisbatan boshqacha munosabat ko‘rsatildi. Natijada Xitoy importi uchun stavka 125% gacha oshirildi. Bu joriy savdo siyosati paketidagi eng qat’iy chora hisoblanadi.

Dunyo milliarderlarining boyligi qanchaga oshdi?

Bloomberg’ning milliarderlar indeksiga ko‘ra, chorshanba kuni dunyoning 10 nafar milliarderlarining shaxsiy boyligi jami $135,33 mlrdga oshgan. 

Tesla kompaniyasi bosh direktori Ilon Mask bir kunda eng katta foyda ko‘rib, uning boyligi $35,9 mlrdga oshdi.

Amazon asoschisi Jeff Bezosning shaxsiy boyligi $18,5 mlrdga ko’paygan. 

Yangi qaror bilan sof boyligi $25,8 mlrdga oshgan Mark Zukerberg, Top-10 milliarderlar orasida eng kam miqdorda pul yo‘qotgan ma’lum bo’ldi. U Amerika tomonidan yangi bojlari joriy qilinishi fonida atigi $723 mln yo‘qotgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi
/
O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar o‘rnatildi
/
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar o‘rnatildi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushmoqda