Toshkentda maishiy chiqindilarni olib ketishda yangi tizim joriy etilmoqda

“Toza Poytaxt” tizimi 13-avgustdan Olmazor tumanida sinov tariqasida ishga tushirildi

Toshkentda maishiy chiqindilarni olib ketishda yangi tizim joriy etilmoqda

Toshkent shahrida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib ketish jarayonini to‘liq raqamlashtiriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

“Toza Poytaxt” dasturiy taʼminoti 13-avgustdan Olmazor tumanida sinov tariqasida ishga tushiriladi, 1-sentabrga qadar qolgan tumanlarga ham bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Tizim chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish jarayonini nazorat qilish orqali shahar tozaligini taʼminlash, texnikalar ishini monitoring qilishga yordam beradi.

Tizim orqali mahallaning ichki ko‘chalarida texnikalar harakatni kuzatish, chiqindi hajmini hisoblash, yuridik tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini baholash, markaziy va ichki ko‘chalardagi sanitariya holatini monitoring qilish mumkin. Tizimda bajarilgan ishlar va chiqindi olib chiqib ketilmagan manzillar ham avtomatik qayd etiladi.

Maʼlumot uchun, jarayonda Ekologiya qo‘mitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Milliy gvardiya va mahalla yettiligi o‘z hududlariga masʼul hisoblanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi
/
O‘zbekistonda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi
O‘zbekistonda dollardan tashqari barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda dollardan tashqari barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
1-oktabrdan Toshkentda issiq suv va isitish ta’minoti tariflarini oshirish rejalashtirilmoqda
/
1-oktabrdan Toshkentda issiq suv va isitish ta’minoti tariflarini oshirish rejalashtirilmoqda