2024-yilda O‘zRTXB’da tuzilgan bitimlar hajmi 12% ga oshdi
Shuningdek, umumiy qiymati 875,9 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan “yashil sertifikatlar” sotilgan

2024-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zRTXB’da tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2023-yilga nisbatan 11,8% ga o‘sdi, shu jumladan birja savdolari 14,8% ga, elektron davlat xaridlari 5,3% ga, avtoraqamlar onlayn auksionlari ikki marotabaga va mobil raqamlarning sotuv hajmlari 43,6% ga oshdi.
Shuningdek, avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida 195 mingdan ziyod avtoraqamlar onlayn-auksionlar orqali sotildi. Sotilgan avtoraqamlarning 97% jismoniy shaxslar tomonidan xarid qilingan. Avtoraqamlarning eng past bahosi 1,7 mln so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 965,3 mln so‘mni tashkil qildi.
Mazkur davrda birja orqali umumiy qiymati 875,9 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan qariyb 64,3 mingta “yashil sertifikatlar” sotilgan. Sertifikat bo‘yicha birjada shakllangan birja kotirovkasi bir dona sertifikat uchun 13,6 ming so‘mni tashkil qildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ