Toshkentga kirishdagi postlar shahar tashqarisiga ko‘chiriladi

2026-yildan kirish postlarida 9 mingta avtomobil uchun avtoturargohlar quriladi

Toshkentga kirishdagi postlar shahar tashqarisiga ko‘chiriladi

Toshkentda transport tizimini yagona yondashuv asosida boshqaradigan markaz tashkil etiladi. U transport va piyodalar oqimini tahlil qilib, tirbandlik va yo‘l-transport hodisalarining oldini oladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 16-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Shu oy boshida davlat rahbari Toshkentda transport boshqaruvini takomillashtirish va tirbandlikni kamaytirish bo‘yicha alohida qaror imzolangan edi. Kapital avvalroq hujjatni tahlil qilib, Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) vakolatlari haqida yozgandi.

Rejalarga ko‘ra, 2026-yilda poytaxtga kirishdagi 2 ta nazorat posti shahar tashqarisiga ko‘chadi, 3 tasi rekonstruksiya qilinadi. Bu yerlarda kamida 3,5 mingta yuk va 5,5 mingta yengil avtomobil uchun turargohlar hamda aholi uchun kempinglar barpo etiladi.

Bu nuqtalarga jamoat transporti tarmog‘i bog‘lanadi. Poytaxtga kelayotgan mehmonlar istasa, avtomobilini shaharga kirishda qoldirib, tez va xavfsiz jamoat transportida harakatlanishi mumkin bo‘ladi.

Kelgusi yilda Toshkent hokimligiga quyidagilar vazifasi yuklatildi:

  • yagona boshqaruv tizimiga ega svetoforlar bilan jihozlangan 100 ta “aqlli” chorrahani yo‘lga qo‘yish;
  • tadbirkorlar bilan 30 mingta avtomobil to‘xtash joyi qurish;
  • 300 ta bekatni rekonstruksiya qilish;
  • 40 km piyoda va 20 km veloyo‘laklar qurish;
  • 100 km yo‘lni ta’mirlash;
  • Yunusobod va Yashnobodda yo‘l o‘tkazgich va tunnel qurish.

Bundan tashqari, 200 ta elektr avtobus sotib olish vazifasi qo‘yildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushmoqda
/
Dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushmoqda
“Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston” temiryo‘li $4,7 mlrdga moliyalashtiriladi
/
“Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston” temiryo‘li $4,7 mlrdga moliyalashtiriladi
O‘zbekistonda 2018-yildan buyon 38 ming xonadondan iborat noqonuniy uy-joylar aniqlangan
/
O‘zbekistonda 2018-yildan buyon 38 ming xonadondan iborat noqonuniy uy-joylar aniqlangan