Toshkent shahriga kirish va chikishdagi nazorat punktlari ko‘chiriladi

Poytaxt tashqarasida avtovokzallar va to‘xtash joylarini qurilish ishlari 2026-yil boshida boshlanadi

Toshkent shahriga kirish va chikishdagi nazorat punktlari ko‘chiriladi

Toshkent shahriga kirish va chikishdagi nazorat punktlari ko‘chiriladi. Bu haqda Toshkent shahri hokimining birinchi o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Haydarov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, shaharga kirish va chiqish joylaridagi nazorat-o‘tkazish punktlari ko‘chiriladi, bu tirbandlikni kamaytirishga xizmat qilishi kerak.

Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqovning so‘zlariga ko‘ra, har kuni poytaxtga 400 mingdan ortiq avtomobil kirib keladi, 1 mlndan ortiq aholi kirib-chiqadi. Tizimli jamoat transportining yo‘qligi odamlarning harakatlanishini qiyinlashtirib, tirbandliklarni keltirib chiqaradi.

Toshkent shahri bilan viloyati hamda boshqa viloyat markazlari o‘rtasida yo‘nalishli avtobuslar mavjud emas. Shaharga kirish joylarida esa shart-sharoitlar — avtovokzallar yaratilmagan. Uning ta’kidlashicha, prezident mablag‘larni ham hal qilib bergan. Shahar tashqarisida, Toshkent yaqinida avtovokzallar, kempinglar, yuk va yengil avtomobillar uchun to‘xtash joylari quriladi. Loyihalash ishlari 2025-yil, qurilish ishlari esa 2026-yil boshida boshlanadi.

Agar biz jamoat transportiga BRT’ga o‘xshab yo‘llarni ochib berib, marshrutlarni qo‘yib beradigan bo‘lsak, Toshkentga kelayotgan odamlar bu jamoat transportidan foydalanadi. Bu o‘z o‘rnida bugungi kunda 400 ming mashina kirib kelayotgan bo‘lsa, bu yildan yilga ortib boryapti, keskin kamayishiga olib keladi va tirbandlikni muammolarni ancha yechadi, — dedi Shavkat Umurzoqov.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Rossiya 2025-yilda O‘zbekistonga gaz eskportini ko‘paytiradi
/
Rossiya 2025-yilda O‘zbekistonga gaz eskportini ko‘paytiradi
O‘zbekistonlik Kamila Mahmudova RBI bankining moliyaviy direktori etib tayinlandi
/
O‘zbekistonlik Kamila Mahmudova RBI bankining moliyaviy direktori etib tayinlandi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun pasaymoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun pasaymoqda