Toshkent shahri hokimligi ko‘chalardagi chuqurlarning ko‘payishiga izoh berdi

Jami 816 ming kvadrat metr yo‘l qoplamasini qayta tiklash ishlari mart oyida boshlanadi

Toshkent shahri hokimligi ko‘chalardagi chuqurlarning ko‘payishiga izoh berdi

Toshkent shahri hokimligi kuchli yog‘ingarchilik sababli ko‘chalarda chuqurlar ko‘payyotganiga izoh berdi. Poytaxtning ko‘plab ko‘chalarida, hatto markazida ham chuqur o‘ydim-chuqurlar tufayli haydovchilar doimiy ravishda ularni aylanib o‘tishga majbur bo‘lmoqda, ayrim avtomobillarning esa shinalari yorilmoqda.

Bayonotda qayd etilishicha, hozirgi kunda yo‘l qoplamasi bir qator omillar: qishki eskirish, muzlashga qarshi reagentlar qo‘llanishi, uzoq muddatli yog‘ingarchilik va yuqori namlik sababli kuchli yuklanishga duch kelmoqda. Suv mikroyoriqlarga kirib, qoplamaning ustki qatlami va asosini zaiflashtirib, natijada nuqsonlar tezroq namoyon bo‘lmoqda, ayniqsa, harakat jadal bo‘lgan yo‘llarda.

Bunday kamchiliklar, “odatda, qoplamaning xizmat muddati tugash arafasida bo‘lgan va sezilarli jismoniy eskirish to‘plangan uchastkalarda qayd etiladi”.

Hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, jami 816 ming kvadrat metr yo‘l qoplamasini qayta tiklash talab etiladi. Shundan 206,3 ming kvadrat metr maydon markaziy ko‘chalarga (shahar markaziy ko‘chalaridan foydalanish va ularni saqlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan boshqarmasi tasarrufidagi yo‘llarga) to‘g‘ri keladi.

Hozirgi ob-havo sharoitida yo‘l qoplamasini to‘liq tiklash ishlari kutilgan natijani bermaydi. Shu bois, asosiy ishlar hajmi “ob-havo barqarorlashib, yo‘l asosining namligi pasayganidan keyin” amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Hokimlikning ta’kidlashicha, faol bosqich taxminan mart oyining birinchi o‘n kunligida boshlanadi.

2026-yilda Toshkentda yo‘l qoplamasini bosqichma-bosqich tiklash (jumladan, mahalliy uchastkalarda “karta” yoki chuqur ta’mirlash) bilan birga, ko‘cha-yo‘l tarmog‘i va transport infratuzilmasi bo‘yicha alohida kapital ishlar, jumladan, rejali ta’mirlash va yo‘l qoplamasini yangilash ham ko‘zda tutilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mahallalar infratuzilmasini takomillashtirishga 20 trln so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi
/
Mahallalar infratuzilmasini takomillashtirishga 20 trln so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi
Ramazon oyida muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi
/
Ramazon oyida muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi
O‘zbekistonning birinchi “Mirzo Ulugʻbek” sun’iy yo‘ldoshi 2028-yilda koinotga uchirilishi mumkin
/
O‘zbekistonning birinchi “Mirzo Ulugʻbek” sun’iy yo‘ldoshi 2028-yilda koinotga uchirilishi mumkin