Toshkentda yashirin iqtisodiyot hajmi 60 trln so‘mga yetdi

Yashirin faoliyat sabab poytaxt budjeti har yili 7,5 trln so‘m yo‘qotayotgani ma'lum qilindi

Toshkentda yashirin iqtisodiyot hajmi 60 trln so‘mga yetdi

Toshkent shahrida yashirin va nazoratdan tashqarida qolayotgan iqtisodiyot hajmi 60 trln so‘mga yetgani ma’lum qilindi. Bu holat natijasida poytaxt budjeti yiliga qariyb 7,5 trln so‘m daromaddan mahrum bo‘lmoqda.

Ma’lum qilinishicha, faqat aksiz solig‘i to‘lovchilarning ishlab chiqarish va savdo hajmini yashirgani oqibatida 66 mlrd so‘m soliq to‘lanmagan. Mutasaddilar yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish va soliq ma’murchiligi bo‘yicha shahar soliq organlari faoliyati mutlaqo qoniqarsiz ekanini qayd etdi.

Xususan, qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovchilarning qariyb 30 ming nafari biror so‘m ham QQS to‘lamagani aniqlangan. Savdo, xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish sohalarida esa kassa apparatlarining qariyb 25%i umuman ishlatilmayapti.

Shuningdek, ayrim soliq rahbarlari tushumlarni oshirish o‘rniga ayrim “tadbirkorlar”ga noqonuniy homiylik qilayotgani tanqid qilindi. O‘tkazilgan tekshiruvlar davomida 70 mlrd so‘mlik soliq hisobga olinmagani ma’lum bo‘ldi.

So‘nggi ikki yil ichida Toshkent shahar soliq idoralarining 19 nafar xodimi korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilgan. Ushbu holatlar natijasida davlat budjetiga 27 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Bundan tashqari, o‘tgan hafta Mirzo Ulug‘bek tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i D. Usmonov lavozimidan ozod etilib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U inspeksiya binosining bir qismini shaxsiy maqsadlarda ijaraga berib, 315 mln so‘m mablag‘ni o‘zlashtirgani, shuningdek, ish faoliyatida guruhbozlik va maishatga yo‘l qo‘ygani aniqlangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmat uchun qo‘shimcha haq belgilanadi
/
Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmat uchun qo‘shimcha haq belgilanadi
Davlat aktivlari agentligi rahbari yer arzon sotilgani ortidan ishdan olindi
/
Davlat aktivlari agentligi rahbari yer arzon sotilgani ortidan ishdan olindi
Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
/
Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi