Toshkent shahrida “Ritz-Carlton” brendi ostida besh yulduzli mehmonxona qurilmoqda
Loyihaning qiymati $200 mln etib baholangan va ayni vaqtda poydevor quyish ishlari boshlangan
Joriy yilning 27-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Ozarbayjonning “PASHA Real Estate” kompaniyasi va AQShning “Marriott International” xalqaro mehmonxona operatori rahbariyatini qabul qildi.
Suhbatda Toshkent shahrida “Ritz-Carlton” brendi ostida qiymati $200 mlnlik zamonaviy besh yulduzli mehmonxona va turar joy majmuasi qurish loyihasining borishi muhokama qilindi.
Hozirda loyiha doirasida Britaniyaning Benoy kompaniyasi bilan hamkorlikda obyektning bosh rejasi ishlab chiqilib, yer qazish ishlari to’liq yakunlandi, 300 ming m³ tuproq olib tashlandi, perimetri bo’ylab qoziqlar o’rnatilib, poydevor quyish ishlari boshlandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun barcha zarur choralarni koʻrishga kelishib oldilar hamda hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi qoʻshma loyihalarni hayotga tatbiq qilishga oʻzaro tayyor ekanliklarini bildirgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ