Toshkentda uy-joy ijarasi yana oshdi
Eng qimmat tuman Mirobod va eng arzon tuman Sergeli bo’ldi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Toshkent shahrida sentyabr oyida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar 2,8%ga hamda to‘liq ta’mirlanganlari 1,4%ga qimmatlashgan. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ma’lum qildi.
O‘rtacha ta’mirlangan uylar ijarasiga bo‘lgan talab narxlarga ta’sir o’tkazdi. Jumladan, ushbu toifadagi 1 xonali uylarning o‘rtacha ijara narxi 2,4%ga, 2 xonali uylar esa 3,4%, 3 xonali uylar uchun 3,2%, 4 xonali uylar uchun esa 2,1%ga ko’tarildi.
Sergeli hamda Olmazor tumanlarida o‘rtacha ta’mirdagi xonadonlar arzon narxlar taklifini saqlab qolmoqda. Sergelida $291dan $463gacha baholangan. Olmazorda esa $306dan $503gacha bo’lgan narxda ijaraga berilgan.
O‘rtacha ta’mirlangan uylarning eng qimmat ijara narxlari Mirobod ($358dan $721gacha) va Yakkasaroy ($343dan $631gacha) tumanlarida qayd etilgan.
Sentyabr oyida to’liq ta’mirlangan 3 xonali uy-joylarning ijara narxi 0,9% pastlagan. Ammo, 2 xonali uylar o‘rtacha 1,1%ga, 4 xonalilar 2,3% hamda 1 xonalilar ijarasi 3,1% oshgan.
Bu toifadagi uylarning eng arzon ijara narxlari Sergeli ($331dan $634gacha) va Uchtepa ($393dan $717gacha) tumanlarida kuzatilgan.
Eng qimmati esa Mirobod ($474dan $1278gacha) va Shayxontohur($442dan $1272gacha) tumanlarida bo’ldi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ