Saida Mirziyoyeva Toshkentda transport va tirbandlik muammolariga oid taqdimot bilan tanishdi

Hududda “aqlli” svetoforlarni o‘rnatish va avtoturargohlarni to‘g‘ri tashkil qilish ishlari amalga oshiriladi

Saida Mirziyoyeva Toshkentda transport va tirbandlik muammolariga oid taqdimot bilan tanishdi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva payshanba kuni Toshkent shahri hokimligida ko‘chalardagi tirbandlik muammolarini hal etish, ekologiya hamda jamoat transporti tizimini rivojlantirishga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Taqdimot prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yil 4-dekabrdagi qarori bilan ochilgan Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) tomonidan o‘tkazildi.

Uning qayd etishicha, prezidentning transport tizimini modernizatsiya qilishga oid qarorini hayotga tatbiq etish ishlari boshlandi. Berilgan hisobotlarga ko‘ra, bugun-erta “aqlli” svetoforlarni o‘rnatish, yo‘llarga standartlarga mos chiziqlar tortish hamda avtoturargohlarni to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlanadi.

Umid qilamanki, shahar hokimi boshchiligidagi jamoa qarorning ijrosini to‘laqonli ta’minlashga bor kuch va imkoniyatini qaratadi. Men buning bajarilishini shaxsan nazorat qilib boraman. Poytaxt uchun o‘ta muhim, juda zarur bo‘lgan ushbu loyihani amalga oshirishda jamoaga muvaffaqiyat tilayman, — dedi PA rahbari.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo hajmi $30 mlrdga yetkaziladi
/
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo hajmi $30 mlrdga yetkaziladi
“Navoiyuran” daromadi 2025-yilda $1,1 mlrdga yetdi
/
“Navoiyuran” daromadi 2025-yilda $1,1 mlrdga yetdi
Markaziy bank mart oyida 20 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qo‘lladi
/
Markaziy bank mart oyida 20 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qo‘lladi