Toshkentda 1-maygacha magistral issiqlik tarmoqlari sinovdan o‘tkaziladi
Bu orqali mavsumga tayyorgarlik ko‘rish, nuqsonlarni aniqlash va qishda barqaror issiqlik yetkazib berish rejalashtirilmoqda
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Toshkentda 24-martdan 1-mayga qadar magistral issiqlik tarmoqlarini sinovdan o‘tkazish, xususan, yuqori bosim ostida mexanik mustahkamlik va zichlikka sinash ishlari olib boriladi. Bu haqda berdi Veolia Energy xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sinovdan ko‘zlangan maqsad xalqaro xavfsizlik standartlari asosida isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, nuqsonlarni aniqlash va qishda barqaror issiqlik yetkazib berishni ta’minlashdir.
- 24-martdan 31-martgacha sinovlar issiq suv ta’minotini qisqa muddatga — bir kunga o‘chirgan holda,
- 1-apreldan 1-maygacha sinovlar issiq suv ta’minotini o‘chirmagan holda o‘tkaziladi.
Haydovchilar, piyodalar hamda ma’muriy va turar joy binolarida bo‘lgan shaxslardan e’tiborli bo‘lishlari va ehtiyot choralariga rioya qilishlari so‘raldi.
Bosim bilan tekshirish (opessovka) va hisoblangan haroratga tekshirish ishlari amalga oshiriladigan sanalar va manzillarni quyidagi havola orqali ko‘rish mumkin.
Toshkentda isitish mavsumini yakunlash 24-martdan boshlanadi. Poytaxt hokimligi u bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ma’lum qilgandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ