Toshkent ilk bor FIA mukofotlari va Bosh assambleyasiga mezbonlik qiladi

Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkaziladigan FIA marosimida Formula 1 va boshqa yo‘nalishlardagi eng yaxshi poygachilar taqdirlanadi

Toshkent ilk bor FIA mukofotlari va Bosh assambleyasiga mezbonlik qiladi

Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) 2025-yilda o‘zining yillik Bosh assambleyasi va FIA Awards 2025 marosimini Toshkentda o‘tkazishini e’lon qildi. Bu — Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida ilk marotaba bunday yirik tadbir o‘tkazilishi bo‘ladi.

Mukofot topshirish tantanasi 12-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi va u FIA YouTube kanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. Tadbir davomida Formula 1dan tortib Karting bo‘yicha jahon chempionatigacha bo‘lgan turli yo‘nalishlarda eng yaxshi poygachilar, jamoalar va tashkilotchilar taqdirlanadi.

Ma’lumot uchun
 FIA 1904-yilda Parijda tashkil etilgan bo‘lib, u jahon avtomobil sporti faoliyatini muvofiqlashtiradi, xavfsizlikni ta’minlaydi va avtomobil madaniyatini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.

Har yili o‘tkaziladigan Bosh assambleyada 149 davlatdan vakillar ishtirok etadi, unda global avtomobil sporti va mobillik yo‘nalishidagi strategik qarorlar muhokama qilinadi. Tadbir yakunida esa an’anaviy FIA Awards mukofotlari topshiriladi.

1996-yildan beri marosim Monako, Parij, Rwanda kabi joylarda o‘tkazilgan bo‘lsa, 2025-yilda ilk bor Markaziy Osiyoda — Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uztelecom 1 000 dan ortiq baza stantsiyalarini modernizatsiya qildi va butun mamlakat bo‘ylab 5G tarmog‘ini qurmoqda
/
Uztelecom 1 000 dan ortiq baza stantsiyalarini modernizatsiya qildi va butun mamlakat bo‘ylab 5G tarmog‘ini qurmoqda
Sigaret xaridida naqd pulni taqiqlash: tezlashtirilgan raqamlashtirishmi yoki byudjet uchun xavfmi?
/
Sigaret xaridida naqd pulni taqiqlash: tezlashtirilgan raqamlashtirishmi yoki byudjet uchun xavfmi?
Toshkentda pullik avtoturargohlar tarmog‘i kengaytiriladi
/
Toshkentda pullik avtoturargohlar tarmog‘i kengaytiriladi