Toshkent viloyatida 1-apreldan chiqindi tariflari oshiriladi

To‘lov jismoniy shaxslar uchun 10 864 so‘m, yuridik shaxslar uchun 97 316 so‘m etib belgilanadi

Toshkent viloyatida 1-apreldan chiqindi tariflari oshiriladi

Toshkent viloyatida 2026-yil 1-apreldan maishiy chiqindi xizmatlari uchun to‘lov tariflari oshiriladi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining 24-martdagi qarorida keltirilgan.

Hujjatga ko‘ra, ayni paytda Toshkent viloyatida bir kishi uchun oylik chiqindi to‘lovi QQS bilan birga 7840 so‘mni tashkil etadi. Uni 10 864 so‘m etib belgilash taklif etildi. Yuridik shaxslar uchun bu to‘lov 82 880 so‘mdan 97 316 so‘mga oshiriladi.

Bunda 1 tonna qattiq maishiy chiqindini yuridik va jismoniy shaxslardan olib chiqib ketganlik hamda uni chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi yoki chiqindi poligonlariga yetkazib berganlik uchun sanitar tozalash korxonalariga toʻlov 482 842,08 so‘mni (QQS bilan), 1 m3 qattiq maishiy chiqindini yuridik va jismoniy shaxslardan olib chiqib ketganlik hamda uni chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi yoki chiqindi poligonlariga yetkazib berganlik uchun sanitar tozalash korxonalariga toʻlov esa 215 250,56 so‘mni (QQS bilan) tashkil etadi.

2026-yil 1-yanvardan qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish xizmatlari uchun haq to‘lashning yangi tartibi joriy etilgan bo‘lib, unga ko‘ra, sanitariya-tozalash sohasida iste’molchilardan faqat amalda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov hisoblanadi va barcha to‘lovlar onlayn tizimlar orqali amalga oshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent va Nurafshon shaharlari o‘rtasida BRT yo‘lak quriladi
/
Toshkent va Nurafshon shaharlari o‘rtasida BRT yo‘lak quriladi
Namanganda $150 mlnlik “Arashan Resort” qurilishi boshlandi
/
Namanganda $150 mlnlik “Arashan Resort” qurilishi boshlandi
Yangi Toshkent stadioni yonida 5,5 ming o‘rinli avtoturargoh quriladi
/
Yangi Toshkent stadioni yonida 5,5 ming o‘rinli avtoturargoh quriladi