Toshkent va Nurafshon shaharlari o‘rtasida BRT yo‘lak quriladi

Loyiha qiymati qariyb $120 mlnni tashkil qilib, 2028-yil oxirida ishga tushiriladi

Toshkent va Nurafshon shaharlari o‘rtasida BRT yo‘lak quriladi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Nurafshon — Bektemir yo‘nalishida tezyurar avtobus tashuvlari uchun BRT tizimini joriy etish bo‘yicha loyiha konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Qarorda poytaxt bilan viloyat markazini bog‘laydigan mavjud transport infratuzilmasi bugungi talab va yuklamalarga bardosh berolmayapgani ta’kidlangan.

Tahlillarga ko‘ra, hozirda ushbu yo‘nalishda transport oqimining 92−94% ini yengil avtomobillar tashkil qiladi. Jamoat transportining ulushi esa o‘ta past (1% ga ham yetmaydi). Bu yo‘l o‘tkazuvchanligini pasaytirib, tirbandliklarni keltirib chiqarishi qayd etilgan.

brt, нурафшон

Loyiha mavjud 4 tasmali yo‘lni xalqaro standartlarga javob beruvchi Ib-toifali shahar magistrali darajasiga ko‘tarishni va intellektual boshqaruv tizimini joriy etishni nazarda tutadi. Yo‘lning Toshkent qismida jami 12−16 ta, shahar atrofida 8 ta, Nurafshonda 10 ta harakatlanish yo‘lagi rejalashtirilgan.

brt, нурафшон

Alohida yo‘lning umumiy uzunligi 23 km bo‘ladi. Yo‘lning loyihaviy tezligi 80−100 km/soatni (aholi punktlarida 60 km/soatgacha cheklov bilan) tashkil etadi.

Tizim ishga tushgandan so‘ng Toshkent va Nurafshon o‘rtasidagi qatnov vaqti 2 baravarga qisqarishi kutilmoqda, yo‘ldan 150 mingdan ortiq aholining kundalik harakatlanishi mumkin bo‘ladi.

brt, нурафшон

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati $119,6 mlnni tashkil etadi. Xarajatlarning asosiy yo‘nalishlari quyidagicha taqsimlangan:

Qurilish qiymati — $113,9 mln. Mazkur yo‘nalish tarkibidagi ish turlari va ularning qiymati:

  • Yo‘l ishlari (Asfalt-beton qoplamasi): $61 577,7;
  • ko‘priklar va suv quvurlari bo‘yicha ishlar: $5 266,1;
  • BRT stansiyalari bo‘yicha ishlar (9 dona): $16 330,6;
  • muhandislik tarmoqlari bo‘yicha ishlar: $8 034,5;
  • yoritish tizimi: $6 898,6;
  • ITS (Intelligent transport system): $13 354,3;
  • ko‘kalamzorlashtirish ishlari: $2 483,4;

Shuningdek, ko‘zda tutilmagan xarajatlar uchun $5,69 mln miqdorida mablag‘ ajratilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“John Deere” O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
/
“John Deere” O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
Andijonda $1,4 mlrdlik 4 ta yirik loyiha amalga oshiriladi
/
Andijonda $1,4 mlrdlik 4 ta yirik loyiha amalga oshiriladi
Toshkent viloyatida 1-apreldan chiqindi tariflari oshiriladi
/
Toshkent viloyatida 1-apreldan chiqindi tariflari oshiriladi