“Toshkent-Sharqiy” aeroportida biznes-aviatsiya uchun 2 ta terminal quriladi

Hozirgacha 4 km uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi yangilandi

“Toshkent-Sharqiy” aeroportida biznes-aviatsiya uchun 2 ta terminal quriladi

Shavkat Mirziyoyev 18-iyun kuni “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, “Toshkent-Sharqiy” aeroportini rekonstruksiya qilish strategik loyihalardan biridir. U yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan tez, xavfsiz va qulay qatnovlarni ta’minlash, shuningdek, poytaxtning asosiy xalqaro aeroportiga yuklamani yengillashtirishga mo‘ljallangan.

Aeroport 4 km uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi yangilanib, eng og‘ir samolyotlarni ham qabul qilish quvvatiga ega bo‘ldi.

Hozirgi kunda yuqori martabali mehmonlar hamda biznes-aviatsiya uchun 2 ta terminal, perron va angarlar barpo etilmoqda. Aeroport noqulay ob-havo sharoitlarida ham uchish-qo‘nishni ta’minlovchi ICAO III-A toifasidagi ilg‘or radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi. Yopiq angarlarda samolyotlar soz va xavfsiz saqlanishi uchun zamonaviy sharoitlar ta’minlanadi.

тошкент-шарқий aeroporti, шавкат мирзиёев

Yangi aeroport qulay joylashuvi tufayli poytaxt va Yangi Toshkent shahri uchun muhim transport xabiga aylanadi, shuningdek, Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish uchun qo‘shimcha rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi, — deyiladi xabarda.

Davlat rahbari loyihaning texnik xususiyatlari, terminallarning arxitekturaviy yechimi bilan tanishib, qurilish ishlarini jadallashtirish, servis darajasini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 2,8 mingdan ortiq avtobus bekatlari standartlarga mos kelmaydi
/
O‘zbekistonda 2,8 mingdan ortiq avtobus bekatlari standartlarga mos kelmaydi
2026-yildan O‘zbekistonda davlat xaridlarida majburiy ekologik mezonlar qo‘llaniladi
/
2026-yildan O‘zbekistonda davlat xaridlarida majburiy ekologik mezonlar qo‘llaniladi
2024-yilda NKMKning tushumi rekord darajadaga — $7,4 mlrdga yetdi
/
2024-yilda NKMKning tushumi rekord darajadaga — $7,4 mlrdga yetdi