Toshkent metropoliteni Buyuk ipak yo‘li metrosidan TTZ dahasigacha uzaytiriladi

Ishga tushiriladigan 10 ta bekat 48 ming aholini transport bilan ta’minlaydi

Toshkent metropoliteni Buyuk ipak yo‘li metrosidan TTZ dahasigacha uzaytiriladi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida ko‘chmas mulk va transport infratuzilmasi, jumladan, metro qurilishiga oid rejalar bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Toshkent metropolitenning Chilonzor yo‘nalishini Toshkent traktor zavodi tomon uzaytirish rejasi taqdimot qilindi. Unga ko‘ra, 30 ta mahallani qamrab oluvchi 10 ta bekat ishga tushirilib, 148 ming aholi transport bilan ta’minlanadi.

Bunda tashqari, davlat rahbari poytaxtning Yunusobod tumanida barpo etilgan High Town City majmuasini borib ko‘rdi. Bu yerda $510 mln evaziga 4 qavatli savdo va ko‘ngilochar markaz, biznes markazi, mehmonxona va turar joy majmualari qurilib, 1,5 mingga yaqin ish o‘rni yaratilgan.

Investorlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash siyosatning strategik yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi, dedi prezident. U O‘zbekiston milliy brendlarini targ‘ib qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi, shuningdek, metroda ixcham kitob do‘konlarini ochishni taklif qildi.

High Town City hududida 430 nafar mehmonni sig‘dira oladigan 250 o‘rinli 24 qavatli besh yulduzli mehmonxona qurilishi rejalashtirilgan. Unda konferensiya zallari, basseynlar, restoranlar va do‘konlar bo‘ladi.

Shuningdek, prezidentga Yunusobodda qurilishi rejalashtirilgan turar joy majmuasi loyihasi namoyish etildi. Unga zamonaviy shovqinsiz liftlar o‘rnatilgan 1,5 mingga yaqin xonadonli 28 ta ko‘p qavatli uy, shuningdek, yer osti avtoturargohi kiradi.

Majmua hovlisi avtotransportdan xoli “yashil” hudud sifatida loyihalashtiriladi. Bu yerda bolalar bog‘chasi, o‘yin maydonchalari, tennis korti bo‘ladi, butun hudud Wi-Fi bilan qamrab olinadi.

Yana bir loyiha Chirchiq daryosi yaqinida ko‘p qavatli uylar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari qurilishiga oid. Bu yerda “yangi shahar markazi” barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Aprel oyida Markaziy bankning oltin zaxiralari rekord darajaga — $49,25 mlrdga yetdi
/
Aprel oyida Markaziy bankning oltin zaxiralari rekord darajaga — $49,25 mlrdga yetdi
“TBC Uzbekistan” birinchi chorakda sof foydani 15% ga oshirdi
/
“TBC Uzbekistan” birinchi chorakda sof foydani 15% ga oshirdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi