Aprel oyida “Toshkent” fond birjasining savdo hajmi 265,9 mlrd so‘mga yetdi

Umumiy hajmning 42,8% ulushi qimmatli qog‘ozlar bilan tuzilgan bitimlarga to‘g‘ri keldi

Aprel oyida “Toshkent” fond birjasining savdo hajmi 265,9 mlrd so‘mga yetdi

2025-yil aprel oyida “Toshkent” RFBda umumiy savdo hajmi 265,9 mlrd so‘mni ($20,5 mln) tashkil etdi, bu esa 2024-yil aprel oyiga nisbatan 37,46 mlrd so‘mga yoki 16,4% ga yuqori hisoblanadi.  Bu haqda fond birja ma’lum qilmoqda

Ushbu hajmning 113,93 mlrd so‘mi yoki 42,8% birja kotirovka ro‘yxatiga kiritilgan qimmatli qog‘ozlar bilan tuzilgan bitimlarga to‘g‘ri keldi.

Umumiy bitimlar soni 35,7 mingtani tashkil etib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,1 mingtaga yoki 12,6% ga kam. Shundan 29,1 mingta bitim birja kotirovka ro‘yxatidagi qimmatli qog‘ozlar bilan, 6,6 mingtasi esa tashkil etilgan fond birjasidan tashqari (OTC) bozorda amalga oshirilgan.

Aksiya bozoridagi savdo hajmi 19,4 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu 2024-yil aprel oyiga nisbatan 263,5 mln so‘mga yoki 1,34% ga kam. Asosiy savdolar hajmi – 10,6 mlrd so‘m Nego Board (kelishuv bitimlari maydonchasi) orqali amalga oshirildi.

Aksiyalar bo‘yicha bozor kapitalizatsiyasi 289,1 mlrd so‘mga yoki 0,12% ga oshib, 242,6 trln so‘mni ($18,76 mlrd) tashkil etdi. Erkin muomaladagi aksiyalar bo‘yicha kapitalizatsiya esa 3,96 trln so‘mga teng bo‘ldi. Oy yakuniga ko‘ra, birja kotirovka ro‘yxatida 94 ta emitentning aksiyalari mavjud edi.

Korporativ obligatsiyalar bozorida savdo hajmi 94,52 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu 2024-yil aprel oyiga nisbatan 93,2 mlrd so‘mga yoki 71 baravarga ko‘p. Birja kotirovka ro‘yxatiga kiritilgan obligatsiyalarning bozor qiymati 1,5 trln so‘mni ($113,35 mln) tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda pensiya jamg‘armalarini xususiylashtirish taklif etilmoqda
/
O‘zbekistonda pensiya jamg‘armalarini xususiylashtirish taklif etilmoqda
O‘zbekistonda to‘rtta loyiha doirasida yo‘llarni rekonstruksiya qilinadi
/
O‘zbekistonda to‘rtta loyiha doirasida yo‘llarni rekonstruksiya qilinadi
“Hunnu Air” aviakompaniyasi Toshkent va Ulan-Bator o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
/
“Hunnu Air” aviakompaniyasi Toshkent va Ulan-Bator o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi