Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqlandi

20 yildan soʻng poytaxt aholisi 3 mlndan 7,4 mlnga koʻpayadi

Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqlandi

Kecha, 25-dekabr kuni Vazirlar Mahkamasi Toshkent shahrining 2045-yilgacha boʻlgan bosh rejasini tasdiqladi. Bu haqda qaror Lex.uz ga joylandi

Unga koʻra, 20 yil davomida poytaxt aholisi 3 mlndan 7,4 mlnga koʻpayadi. Buning uchun poytaxtning umumiy maydoni 43,7 ming gektarga yetkaziladi. 

Shahar  5 ta funksional hududlarga ajratiladi. Jumladan, uy-joylar, jamoat binolari, sanoat, dam olish zonasi va transport tarmoqlari zonasi.

Shuningdek, bosh reja doirasida 10 ming gektar qoʻshimcha yashil maydonlar barpo etiladi. Taklif etilayotgan tashabbuslar ekin maydonini har bir kishiga uch kvadrat metrdan sakkiz kvadrat metrgacha oshirish imkonini beradi.

Qoʻshimchasiga,  647 km uzunlikdagi yangi yoʻllar qurish, 140 km koʻcha va yoʻllarni kengaytirish chora-tadbirlarini koʻrish rejalashtirilgan.

Avtomobillar sonini qisqartirish va jamoat transportining rolini oshirish uchun 27 ta transport tarmog’i markazlari (Park and ride) ni ochish va yangi metro liniyalarini qurish rejalashtirilgan. 20 yildan soʻng poytaxtda jamoat transportlaridan foydalanish 60% gacha oshishi kutilmoqda. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Byudjet tashkilotlariga belgilangan soliq stavkalarining amal qilishi muddati uzaytiriladi
/
Byudjet tashkilotlariga belgilangan soliq stavkalarining amal qilishi muddati uzaytiriladi
“Accial Capital” “Alif” kompaniyasiga $20 mln investitsiya ajratdi
/
“Accial Capital” “Alif” kompaniyasiga $20 mln investitsiya ajratdi
Yil davomida import qilingan telefonlar qiymati $346,5 mlnni tashkil qildi
/
Yil davomida import qilingan telefonlar qiymati $346,5 mlnni tashkil qildi