O‘zbekistondagi to‘rtta tijorat bankining ustav kapitali 500 mlrd so‘mga yetmadi

Shu sababli regulyator bu banklarning aktiv operatsiyalarini cheklagan

O‘zbekistondagi to‘rtta tijorat bankining ustav kapitali 500 mlrd so‘mga yetmadi

Markaziy bank ustav kapitalining minimal talablarini bajarmagan ikki bankning faol operatsiyalarini chekladi. Bu haqda 22-yanvar kuni Markaziy bank tomonidan tashkil etilgan media-dialogda Banklarning prudensial nazorat departamenti direktori Nusratulla Fazilov ma’lum qildi. 

2025-yil 1-yanvardan boshlab banklarning ustav kapitalining minimal miqdori 500 mlrd so‘m etib belgilandi. Fazilovning aytishicha, 2024-yilda ushbu talablarga 14 ta bank mos kelmagan, ulardan hozir faqat to‘rtta moliya tashkiloti qolgan.

Markaziy bank vakili ikki bank ustav kapitali talabini “texnik sabablarga ko‘ra” bajarmaganini ta’kidladi. Masalan, Eronning “Saderatbank” banki kursning o‘zgaruvchanligi sababli minimal darajaga yetmagan. Yaqinda xususiylashtirilgan “Poytaxt bank” ga esa talabni bajarish uchun 2028-yilgacha muddat berilgan.

Regulyator qolgan ikki bank — “Yangi Bank” va 2024-yilda litsenziya olgan Qozog‘istonning “Yevroosiyo banki” bilan ustav kapitali talablarini bajarishga qaratilgan “kompleks chora-tadbirlar” ni kelishib oldi.

Fazilovning so‘zlariga ko‘ra, “Yevroosiyo banki” ning mablag‘lari “Tenge Bank” da saqlanmoqda va mart oyigacha ustav kapitali to‘ldirilishi kerak. “Yangi Bank” uchun ham ustav fondini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan. Shu vaqt mobaynida Markaziy bank ushbu banklarning faol operatsiyalarini cheklab qo‘ydi.

“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” gi Qonunning 54-moddasiga ko‘ra, bank ustav kapitali miqdori bank ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan belgilangan talabga muvofiq emasligi “qo‘pol qoidabuzarlik” sifatida malakalanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati $4 mlrdlik eksportni amalga oshiradi
/
2025-yilda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati $4 mlrdlik eksportni amalga oshiradi
2024-yilda O‘zbekistoning EHF orqali tovar aylanmasi 2 041 trln so‘mni tashkil etdi   
/
2024-yilda O‘zbekistoning EHF orqali tovar aylanmasi 2 041 trln so‘mni tashkil etdi   
O‘zbekistonda dollar kursi rekordlarni yangilashda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi rekordlarni yangilashda davom etmoqda