2025-yil to‘rtinchi chorakda banklararo pul bozori hajmi 28%ga qisqardi

Shuningdek, depozitlar uchun o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari 13,9% darajasida shakllandi

2025-yil to‘rtinchi chorakda banklararo pul bozori hajmi 28%ga qisqardi

2025-yilning IV choragida banklararo pul bozorida jami 183,6 trln so‘mlik operatsiyalar amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich III chorakka 255,6 trln so‘m nisbatan 28%ga kam, deb xabar bermoqda Markaziy bank Pul bozori va likvidlik sharhida.

Choraklik operatsiyalar hajmining yalpi ichki mahsulotga (YIM) nisbati ham pasaydi. III chorakda bu ko‘rsatkich yil davomidagi eng yuqori daraja — 51,5%ni tashkil etgan bo‘lsa, IV chorakda 33,6%gacha tushdi.

IV chorakda banklararo bitimlarning 70%i REPO operatsiyalariga to‘g‘ri keldi. Ularning umumiy hajmi 129 trln so‘mni tashkil etdi (III chorakda 175 trln so‘m). Chorak davomida REPO hajmi izchil kamayib, oktyabrdagi 57 trln so‘mdan dekabr oyida 26 trln so‘mgacha pasaydi.

Banklararo depozit operatsiyalari hajmi ham 32%ga qisqarib, 54,3 trln so‘mni tashkil etdi. Oktyabr oyida 24 trln so‘m bo‘lgan oylik depozit operatsiyalari dekabrga kelib 15,8 trln so‘mgacha kamaydi.

Foiz stavkalari dinamikasi

IV chorakda depozit va REPO operatsiyalari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari 13,9% darajasida shakllandi (III chorakda mos ravishda 13,6% va 13,2%). Eng yuqori ko‘rsatkich noyabr oyida qayd etilib, depozitlar bo‘yicha 14,3%, REPO operatsiyalari bo‘yicha 14%ni tashkil etdi.

Muddatlar kesimida overnayt operatsiyalar bo‘yicha stavka dekabr oyida 13,8%ga yetdi (sentyabrda 13,5%). Bir kundan yuqori muddatli operatsiyalarda esa pasayish kuzatildi:

  • 2–7 kunlik operatsiyalar — 13,8% (sentyabrda 14,4%);
  • 8–30 kunlik operatsiyalar — 14,5% (15,2%);
  • 31–90 kunlik operatsiyalar — 16,8% (17,4%).

Dekabr oyida foiz stavkalarining pasayishi byudjet xarajatlari hisobiga tizimda likvidlik ortishi bilan izohlanadi.

Overnayt REPO operatsiyalari asosida hisoblanadigan UZONIA benchmark stavkasi IV chorakda o‘rtacha 13,9%ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich III chorakka nisbatan 0,8% ga yuqori bo‘ldi. Oktyabrda UZONIA 13,8%, noyabrda 14%, dekabrda esa 13,8% darajasida shakllandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Lukashenko O‘zbekistonga AES qurilishida yordam taklif qildi
/
Lukashenko O‘zbekistonga AES qurilishida yordam taklif qildi
Tashkent City hududida patrul dronlari sinovdan o‘tkazilmoqda
/
Tashkent City hududida patrul dronlari sinovdan o‘tkazilmoqda
“Uzum” Ummon suveren jamg‘armasidan $130 mln dan ortiq investitsiya jalb qildi
/
“Uzum” Ummon suveren jamg‘armasidan $130 mln dan ortiq investitsiya jalb qildi