2028-yilga qadar to‘qimachilik korxonalari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilandi

Shuningdek, mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan aralash mato gazlama uchun xomashyo importi bojxona boji to‘lashdan ozod qilindi

2028-yilga qadar to‘qimachilik korxonalari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilandi

2026-yilda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatining ishlab chiqarish hajmi 9%ga o’sib, 146 trln so‘mga yetkazish rejalashtirilmoqda va 146 trln so‘mlik mahsulot eksport qilinadi. Bu haqdagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko’ra, 2022–2023 yillarda paxta hosiliga olingan kreditlardan qarzdorligi bor klasterlar 2025-yil 1-avgustdan boshlab avval faqat asosiy qarzni to‘laydi. Qarz tugagandan keyin esa 12 oy davomida foizlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

Kreditni o‘z vaqtida to‘lagan klasterlarga, 2025-yil 1-avgustdan keyin ishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan undirilgan foizlarning yarmi qaytarib beriladi. Shu muddatga qadar yig‘ilgan foiz qarzlari uchun hisoblangan penya bekor qilinadi.

2025-yilgi paxta hosilini nobud qilmaslik uchun qayta ishlovchi korxonalarga (jumladan, klasterlarga) sotilgan har bir tonna paxta uchun 1 mln so‘mdan subsidiya to‘lanadi. Agar klasterlar yoki korxonalar o‘z mablag‘iga paxta yetishtirsa yoki xarid qilsa, uning qiymatining 10%i davlat tomonidan qoplab beriladi.

Shuningdek, 2025-yil 1-sentabrdan 3 yil davomida klasterlar va to‘qimachilik korxonalari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% qilib belgilanadi.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan aralash mato, gazlama, charm va ipak sanoati uchun xomashyo importi bojxona boji to‘lashdan ozod qilinadi. 200 nafardan ortiq xodim ishlaydigan paxta-to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etsa, davlat budjetidan ularga subsidiya ajratiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Chorsu” mehmonxonasi o‘rnida ko‘p tarmoqli majmua quriladi
/
“Chorsu” mehmonxonasi o‘rnida ko‘p tarmoqli majmua quriladi
O‘zbekiston OTMlarining 2025/2026 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
/
O‘zbekiston OTMlarining 2025/2026 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
O‘zbekistonda oltin quymalari narxi rekord darajada qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda oltin quymalari narxi rekord darajada qimmatlashdi