O’zbekiston to’qimachilik eksportidan $1 mlrd daromad oldi

Yetkazib berishning asosiy ulushi ipga to'g'ri keldi

O’zbekiston to’qimachilik eksportidan $1 mlrd daromad oldi

Yanvar-aprel oylarida O’zbekiston to’qimachilik mahsulotlarini $1 mlrdga eksport qildi, bu ko’rsatkich o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4%ga o’sdi. Bu haqda statistika agentligi xabar bermoqda.

Yil boshida eksport qilinadigan to’qimachilikning asosiy tarkibiy qismlari tayyor to’qimachilik mahsulotlari 37,3% va ip 46,8% edi. Ushbu davrda dunyoning 55 mamlakatiga 469 turdagi to’qimachilik eksport qilindi. 

To’qimachilik mahsulotlari eksportining umumiy hajmi:

  • Ip $473,6 mln;
  • Tayyor to’qimachilik mahsulotlari $377 mln; 
  • Trikotaj mato $94,6 mln;
  • Matolar $52 mln;
  • Paypoq mahsulotlari $14,2 mln.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi keskin pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi keskin pasaydi
Toshkent metropoliteni 6-iyun kuni 7 soat davomida bepul ishlaydi
/
Toshkent metropoliteni 6-iyun kuni 7 soat davomida bepul ishlaydi
OTB Qambarotadagi GESga $150 mln mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda
/
OTB Qambarotadagi GESga $150 mln mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda