O‘zbekistonda to‘lovga qobiliyatsiz korxonalarga o‘z-o‘zini tiklash imkoni beriladi

2025-yil 1-martga qadar bu kabi masalalari uchun maxsus axborot portali ishga tushiriladi

O‘zbekistonda to‘lovga qobiliyatsiz korxonalarga o‘z-o‘zini tiklash imkoni beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini yanada takomillashtirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi

Mazkur qaror loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:

Davaktiv agentligi iqtisodiy qiyin ahvolga tushgan korxonalarga moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha amaliy yordam va maslahatlar beradi. Agar korxona to‘lovga qobiliyatsizlik holatiga tushsa, unga davlat yordami asosida sudgacha sanatsiya qilish (moliyaviy tiklash) imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, jismoniy shaxslar ham to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlaridan foydalanishlari mumkin. Ushbu jarayonning yuritilishi va hisobini olib borish tizimi shakllantiriladi.

Agar korxonaning qarzdorligi bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan oshsa, davlat soliq xizmati organlari uni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish uchun sudga murojaat qilishi mumkin.

Agar qarzdorlik 300 baravargacha bo‘lsa, ish sudgacha yetkazilmaydi va idoralararo ma’lumotlar almashinuvi orqali masala hal etiladi.

Davaktiv agentligi qoshida To‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarini yuritish bo‘yicha alohida departament tashkil etiladi. Hududiy boshqarmalarda qo‘shimcha shtatlar ajratiladi (markaziy apparatda 14 nafar, hududlarda esa 29 nafar qo‘shimcha shtat).

2025-yil 1-martga qadar To‘lovga qobiliyatsizlik masalalari bo‘yicha maxsus axborot portali ishga tushiriladi. Bu portal orqali kreditorlar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun zarur ma’lumotlar taqdim etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
/
Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
/
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi