Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi

BAA investorlari elektr stansiyasini yangilash uchun $240 mln sarmoya kiritish, shuningdek, uning qarzlarini to‘lash majburiyatini oldi

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi

Birlashgan Arab Amirliklarining Mubadala suveren fondi va TAQA milliy energetika kompaniyasi O‘zbekistonning Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasidagi ulushni sotib olish bo‘yicha bitimni yakunladi. Bu haqda Gulf Business nashri xabar bermorda.

Bitim asosida “Talimarjan Power Plant 1” nomli maxsus loyiha kompaniyasi tashkil etildi. Mubadala va TAQA bu kompaniyadagi aksiyalarning har biridan 40% dan oldi. Qolgan 20 foizlik ulush esa O‘zbekiston tomonida – “Talimarjon IES” aksiyadorlik jamiyati orqali saqlanib qoladi. Huddi shunday mulkchilik tuzilmasi stansiyani boshqaradigan “Talimarjan Operations & Maintenance” kompaniyasida ham joriy etiladi.

Mazkur xususiylashtirish bitimi 2022-yil sentyabr oyida imzolangan. Uning doirasida BAA investorlari stansiyani modernizatsiya qilish uchun $240 mln miqdorida sarmoya kiritadi hamda $700 mlnga yaqin qarz majburiyatlarini to‘laydi.

Shuningdek, tomonlar 25 yil davomida elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha “O‘zenergosotish” davlat kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan.

Nashrning qayd etishicha, bu bitim O‘zbekiston va BAA o‘rtasida energetika sohasidagi strategik hamkorlikning mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
O‘zbekistonda dollar kursi uch kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarila boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi uch kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarila boshladi