O’zbekistonda ayrim tadbirkorlarga budjetga to‘langan solig‘ining 20% qaytarib beriladi

Ushbu vaqtinchalik nizom 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi

O’zbekistonda ayrim tadbirkorlarga budjetga to‘langan solig‘ining 20% qaytarib beriladi

Umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlikga budjetga to‘langan QQSning bir qismini qaytarish bo’yicha vaqtinchalik nizom belgilandi.

Unga ko‘ra, 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga budjetga to‘langan soliqning 20% qaytariladi.

Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga oylik xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi 60% va undan yuqori bo‘lsa, budjetga to‘langan soliqning 40%, 60%dan kam bo‘lsa 20% qaytariladi.

Tadbirkorlar soliq hisobotini taqdim etgandan so‘ng, 3 oydan kechiktirmasdan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishlari mumkin bo’ladi.

Quyidagi shartlarni to’liq bajarganlarga soliqning bir qismi avtomatik qaytariladi:

  • hisobot davrida soliq bo‘yicha taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq budjetga to‘liq to‘langanda;
  • hisobot davrida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha umumiy tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 90%dan kam bo‘lmaganda;
  • hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida realizatsiya qilingan tovarlar nomenklaturasi hamda faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lgan identifikatsiya kodlari aks ettirilgan qismiga nisbatan.

Ushbu vaqtinchalik nizom 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Carvon” yonilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 benzini narxi 8,150 so‘mga ko‘tarildi
/
“Carvon” yonilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 benzini narxi 8,150 so‘mga ko‘tarildi
O‘zbekistonda ikki yangi mikromoliya tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazildi
/
O‘zbekistonda ikki yangi mikromoliya tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazildi
Bayram va dam olish kunlari qaysi bank shoxobchalari ishlashi ma’lum bo’ldi
/
Bayram va dam olish kunlari qaysi bank shoxobchalari ishlashi ma’lum bo’ldi