O’zbekiston va Ozarbayjon onlayn tijorat platformasini ishga tushirishni rejalashtirishmoqda

Platforma ozarbayjon va o'zbek tadbirkorlari kooperatsiyasi maqsadida tashkil etiladi

O’zbekiston va Ozarbayjon onlayn tijorat platformasini ishga tushirishni rejalashtirishmoqda

O’zbekiston-Ozarbayjon mintaqalararo forumida investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov O’zbekiston-Ozarbayjon qo’shma biznes platformasini yaratish niyatini bildirdi, deya xabar berdi «Trend.az.

Laziz Kudratovning so’zlariga ko’ra, platforma ikki mamlakat ishbilarmonlariga foydali sheriklarni topish va xalqaro miqyosdagi loyihalarni yaratishga imkon beradigan qo’shimcha vosita bo’ladi.

Bu tijorat platformasi bo’lib, unda ishbilarmonlar savdo bitimlarini amalga oshirish nuqtai nazaridan ham, investitsiya loyihalarini birgalikda boshlashda ham bir-birlarini osongina topishlari mumkin, — deya ta’kidladi u.

Bundan tashqari, Kudratov Ozarbayjon bilan neft-kimyo mahsulotlari va uglevodorodlar savdosi uchun qo’shma savdo kompaniyasi tashkil etilganini ma’lum qildi.

Biz Ozarbayjondan polimer mahsulotlari eksportini ko’paytirmoqchimiz. Bundan tashqari, hozirda tovar ayirboshlashni oshiradigan qo’shma loyihalar faol rivojlanmoqda, — dedi u.

Vazirning qo’shimcha qilishicha, ushbu loyihalar to’qimachilik sanoati, ipakchilik, qishloq xo’jaligi, maishiy texnika va qurilish materiallari ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi.

Ushbu loyihalar tovar aylanmasini oshiradi. Ishonchimiz komilki, kelgusi 1-2 yil ichida biz yiliga $1 mlrdga yetamiz, — dedi Kudratov.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
/
Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
/
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi