O‘zbekistonda tijorat banklari uchun sarmoya chegarasi belgilandi
Endilikda banklar uchun yuridik shaxslar aksiyalarini sotib olish hajmi 15% dan oshmasligi kerak

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Markaziy bank tijorat banklarining ko‘chmas mulk, boshqa mol-mulk va ustav fondi ulushlarini sotib olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritdi.
Bank tomonidan bir yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushlarni yoki aksiyalarni sotib olish birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 15% idan oshmasligi kerak.
Mazkur cheklov, shu jumladan, bank tomonidan yuridik shaxslarning ustav fondidagi ulushlarga yoki aksiyalarga egalik qilishga, shuningdek, bunday yuridik shaxslar tashkil etilgan holatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar summasini hisoblashda qarz munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlar kapitalning monandligini hisoblashda bank kontragenti (emitent) uchun belgilangan tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib, tavakkalchilikni hisobga olgan holda tuzatish kiritilgan qiymat bo‘yicha hisobga olinadigan norma chiqarib tashlandi.
Hujjat 2-maydan e’tiboran kuchga kirdi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ