Raqobat qo‘mitasi “Texnomart” MCHJni jarimaga tortdi

Tekshiruvlar davomida “Reklama to‘g‘risida”gi va “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar buzilganligi aniqlangan

Raqobat qo‘mitasi “Texnomart” MCHJni jarimaga tortdi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan monitoringlar natijasida  “Texnomart” MCHJga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanilgan. Bu haqida Qo‘mita rasmiy sahifasida e’lon qildi

Xabarga ko‘ra, “Texnomart” MCHJ telegram kanalida joylashtirilgan “Eng zo‘r taklif” mazmunidagi mobil telefonlar reklamalarida mahsulot narxi va to‘lov shartlari bo‘rttirib ko‘rsatilganligi aniqlangan. Masalan, VIVO Y03 telefoni uchun 213,167 so‘m oylik to‘lov, HONOR X7b telefoni uchun esa 274,167 so‘m etib ko‘rsatilgan. 

Qo‘mita tomonidan boshqa savdo do‘konlaridagi ushbu markali mobil telefonlar narxlari solishtirilganda, “Texnomart” MCHJ savdo do‘konlaridagi muddatli to‘lov narxlari nisbatan yuqoriligi kuzatilgan. Bundan tashqari, reklamada “eng”, “eng yaxshi” kabi orttiruvchi nisbatlar ishlatilgan, lekin bu da’volarni tasdiqlaydigan aniq dalillar taqdim etilmagan. 

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Qo‘mita Maxsus komissiyasi “Texnomart” MCHJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida” hamda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarining tegishli moddalari talablarini buzganini aniqladi. Natijada, ish qo‘zg‘atilib, ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“China State Construction” Toshkent viloyatida sanoat zonasini tashkil etish va yo‘l qurilishi bilan shug‘ullanadi
/
“China State Construction” Toshkent viloyatida sanoat zonasini tashkil etish va yo‘l qurilishi bilan shug‘ullanadi
Ozarbayjon kompaniyasi Chorvoqdagi Sea Breeze qurilishi uchun $5mlrd sarflaydi
/
Ozarbayjon kompaniyasi Chorvoqdagi Sea Breeze qurilishi uchun $5mlrd sarflaydi
“O‘zbekinvest” va “Agrosug‘urta” dagi davlat ulushlari xalqaro savdolar qo‘yiladi
/
“O‘zbekinvest” va “Agrosug‘urta” dagi davlat ulushlari xalqaro savdolar qo‘yiladi