Termiz shahrida xalqaro savdo markazi ochildi

Majmua 1800 ga yaqin savdo obyektlarini birlashtiradi

Termiz shahrida xalqaro savdo markazi ochildi

Joriy yilning 29 avgust kuni Termiz shahrida Termiz xalqaro savdo markazining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Bu haqda hukumat portali matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda O’zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Afg’oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul G’ani Barodar, Ozarbayjon bosh vazirining o’rinbosari Shahin Mustafayev, Qirg’iziston iqtisodiyot va savdo vazirining o’rinbosari Nazarbek Malayev, Qozog’iston savdo va integratsiya vazirining o’rinbosari Qayrat Torebayev va boshqa rasmiylar ishtirok etdi.

Termiz xalqaro savdo markazi qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, logistikani takomillashtirish, ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish va tadbirkorlar uchun barcha zarur shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. Ushbu markaz savdo aloqalarini mustahkamlash va mintaqada qo’shma loyihalarni amalga oshirish uchun asosiy platforma bo’lishi ta’kidlandi.

Shuningdek, markaz afg’on fuqarolariga savdo-sotiq, ta’lim, sog’liqni saqlash xizmatlari va boshqa ijtimoiy qo’llab-quvvatlash uchun berilgan imkoniyatlarni muhokama qildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
/
“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
/
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi
/
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi