Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi “Toshshahartransxizmat” AJning tender savdolari natijasini bekor qildi

O‘rganishlar davomida tenderda qonun talablariga rioya qilinmaganlik alomatlari aniqlangan

Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi “Toshshahartransxizmat” AJning tender savdolari natijasini bekor qildi

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabariga ko‘ra, “Toshshahartransxizmat”ning “Transportni boshqarishning intellektual tizimi uchun texnik jihozlarni sotib olish” bo‘yicha o‘tkazgan tender savdolari natijasini bekor qildi.

O‘rganishlar davomida tenderda “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya qilinmaganlik alomatlari aniqlangan.

Tenderda ishtirok etish uchun 6 ta talabgorlar tomonidan taklif hujjatlari taqdim qilingan va “Xiamen Magnetic North Technology Co. Ltd” 33,6 mlrd so‘mlik taklif narxi bilan g‘olib deb topilgan edi.

Endilikda tenderda g‘olib deb topilgan tashkilot va buyurtmachi o‘rtasida tuzilgan shartnoma Qo‘mita tekshiruv yakuniga qadar bekor qilindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda $5 mingdan ortiq aktivga ega investorlar xorijiy aksiyalarni sotib olishi mumkin bo‘ladi
/
O‘zbekistonda $5 mingdan ortiq aktivga ega investorlar xorijiy aksiyalarni sotib olishi mumkin bo‘ladi
Microsoft servislarida global uzilish yuz berdi
/
Microsoft servislarida global uzilish yuz berdi
O‘zbekistonning 2025-yildagi YIM hajmi qayta hisob-kitoblardan so‘ng $169 mlrdga yetdi
/
O‘zbekistonning 2025-yildagi YIM hajmi qayta hisob-kitoblardan so‘ng $169 mlrdga yetdi