Bishkekda Xitoy — Qirg’iziston — O’zbekiston temir yo’lini qurish bo’yicha kompaniya tashkil etildi

Ushbu loyiha mamlakatlar o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi

Bishkekda Xitoy — Qirg’iziston — O’zbekiston temir yo’lini qurish bo’yicha kompaniya tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasi raisi va Qirg’iziston prezidenti administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov Bishkekda Xitoy — Qirg’iziston — O’zbekiston temir yo’l kompaniyasining ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uning ta’kidlashicha, ushbu loyiha mintaqa mamlakatlari o’rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo’ladi. Aqilbek Japarovning so’zlariga ko’ra, bu loyiha juda yuqori baholanadi va asr qurilishi deb ataladi. U Xitoy — Qirg’iziston — O’zbekiston temir yo’li Buyuk Ipak yo’lining muhim qismiga aylanishiga ishonch bildirdi.

Tadbirda Xitoyning Qirg’izistondagi favqulodda va vakolatli elchisi Du Deven, Xitoy xalq Respublikasi taraqqiyot va islohotlar davlat qo’mitasi xorijiy investitsiyalar va investitsiyalardan foydalanish departamenti direktorining o’rinbosari Chjan Tzyanxua, O’zbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov, “China Railway International” kompaniyasining bosh direktori Chjou Sin va boshqa vakillar ham ishtirok etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda 45 mln yevrolik farmatsevtika korxonasi ishga tushirildi
/
Toshkentda 45 mln yevrolik farmatsevtika korxonasi ishga tushirildi
O‘zbekistonda rubldan tashqari barcha xorijiy valyutalar kursi pasaydi
/
O‘zbekistonda rubldan tashqari barcha xorijiy valyutalar kursi pasaydi
O‘zbekistonda aviakompaniyalar reyslar kechikkani uchun majburiy kompensatsiya to‘lashi mumkin
/
O‘zbekistonda aviakompaniyalar reyslar kechikkani uchun majburiy kompensatsiya to‘lashi mumkin