O’zbekiston, Xitoy va Qirg’iziston temir yo’l liniyasini birgalikda qurish to’g’risida kelishib oldilar

Ushbu magistralda yuk tashishning yillik hajmi 15 mln tonnagacha bo'lishi mumkin

O’zbekiston, Xitoy va Qirg’iziston temir yo’l liniyasini birgalikda qurish to’g’risida kelishib oldilar

6 iyun kuni Pekinda «Xitoy – Qirg’iziston – O’zbekiston» temir yo’lini qurish to’g’risida bitim imzolandi. Bu haqda davlat matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev loyihaning boshlanishi keng mintaqada iqtisodiy va transport aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan tarixiy voqea ekanligini ta’kidladi. Ushbu temir yo’l liniyasi Xitoyni mintaqa bilan bog’laydigan eng qisqa «elka» bo’ladi, deya qo’shimcha qildi.

Kelajakda ushbu yo’l istiqbolli Transafg’on yo’lagi orqali Janubiy Osiyo va yaqin Sharq davlatlarining sig’imli bozorlariga chiqish imkonini beradi. Loyihani amalga oshirishning iqtisodiy samarasi yangi korxonalar va o’n minglab ish o’rinlarini yaratish, o’zaro savdo hajmi va sanoat kooperatsiyasi ko’lami, investitsiyaviy jozibadorligi va aholining turmush darajasini oshirish bo’ladi.

Temir yo’l «Qashqar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon» yo’nalishi bo’yicha o’tadi. Ushbu magistralda yillik yuk tashish hajmi 15 million tonnagacha bo’lishi mumkin va tovarlarni oxirgi iste’molchilarga yetkazib berish muddati yetti kunga kamayadi. Bundan tashqari, zamonaviy tranzit-logistika infratuzilmasi, omborlar va terminallar yaratiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sud Humans kompaniyasini “Octobank” oldidagi qarzni to‘lashga majbur qildi
/
Sud Humans kompaniyasini “Octobank” oldidagi qarzni to‘lashga majbur qildi
Transport vazirligi: viloyatdan kelgan taksichilar poytaxtda ishlash uchun ham litsenziya olishlari kerak
/
Transport vazirligi: viloyatdan kelgan taksichilar poytaxtda ishlash uchun ham litsenziya olishlari kerak
13-iyun kuni Toshkentda bir necha yo‘nalish parvozlari bekor qilindi
/
13-iyun kuni Toshkentda bir necha yo‘nalish parvozlari bekor qilindi