“Telegram” Qozog’istonda o‘z vakilligini ochishni rejalashtirmoqda

Qozog’iston firibgarlik sxemalariga qarshi kurashish uchun “Meta” bilan hamkorlik qilishni boshlaydi

“Telegram” Qozog’istonda o‘z vakilligini ochishni rejalashtirmoqda

“Telegram”, “WhatsApp” va “TikTok” kabi internet platformalar Qozog‘istonda o‘z vakilligini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozog’iston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi xabar berdi.

Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Jaslan Madiev AQSh Savdo-sanoat palatasi hamda Amerikaning “Meta” va “Apple” kabi yirik kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Unda maʼlumotlar xavfsizligi, soxta akkauntlarga qarshi kurashish va foydalanuvchilarni himoya qilish bilan bogʻliq asosiy masalalar muhokama qilindi. Bu mavzular qozog‘istonliklarning raqamli makonda xavfsizligini ta’minlash uchun muhimdir.

Shuningdek, biz “Telegram” bilan nomaqbul kontentni zudlik bilan oʻchirish va buzgʻunchi kanallarni bloklash uchun faol hamkorlik qilmoqdamiz. Qonunchiligimizga ko‘ra, “Telegram”, “WhatsApp” va “TikTok” kabi internet platformalar endi Qozog‘istonda o‘z vakiliga ega bo‘lishi shart. “Telegram” bilan allaqachon oʻz vakilini tayinlash va ofis ochish boʻyicha kelishuvga erishilgan — kontent ustidan nazoratni kuchaytirish uchun muhim qadam, — dedi Jaslan Madiev.

Shuningdek, vazirlik firibgarlik sxemalariga qarshi kurashish uchun “Meta” bilan hamkorlik qilishni boshlaydi. Internetdagi firibgarlikka qarshi kurash umumiy sa’y-harakatlarni talab qiladigan global vazifadir. “Meta” vakillarining ta’kidlashicha, Qozog”iston duch kelgan internet firibgarlik ko’plab mamlakatlar uchun umumiy muammodir. Oxirgi chorakda “Meta” sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalangan holda butun dunyo bo’ylab 1,2 mlrd soxta akkauntni blokladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Serbiya $1 mlnlik venchur fondi tashkil etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston va Serbiya $1 mlnlik venchur fondi tashkil etishni rejalashtirmoqda
O‘zbekistonda firibgarlar nomiga olingan mikroqarzlarni undirmaslik tizimi joriy etilishi mumkin
/
O‘zbekistonda firibgarlar nomiga olingan mikroqarzlarni undirmaslik tizimi joriy etilishi mumkin
O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 7,8% gacha pasaydi
/
O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 7,8% gacha pasaydi