Telegram 2030-yilgacha $1,7 mlrdlik obligatsiyalar chiqardi

Shuningdek, 2026-yil martda muddati tugaydigan obligatsiyalarni qisman yopish uchun $950 mlndan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi

Telegram 2030-yilgacha $1,7 mlrdlik obligatsiyalar chiqardi

Kapital.uz avvalroq Telegram $1,5 mlrdlik obligatsiyalar chiqarishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi.

Telegram asoschisi Pavel Durov ma’lum qilishicha, kompaniya yillik 9% daromad bilan $1,7 mlrdlik obligatsiyalar chiqardi.

Qarz qog‘ozlari besh yilga ya’ni 2030-yil iyunigacha joylashtirildi. Uning aytishicha, $950 mlndan ortiq mablag‘ 2026-yil martida to‘lanishi kerak bo‘lgan avvalgi obligatsiyalar chiqarilishini qisman almashtirish uchun yo‘naltiriladi.

Durov investorlarning Telegram obligatsiyalariga bo‘lgan “g‘ayrioddiy” qiziqishini ta’kidladi. Dastlabki $1,5 mlrd joylashtirish summasi oshirilganiga qaramay, “talab taklifdan ancha yuqori bo‘ldi” deya izoh berdi milliarder.

Ushbu yangi moliyalashtirish tufayli 2026 yilda obligatsiyalarimizning qolgan qismini so‘ndirishga yetarli mablag‘ga egamiz. Telegramning daromadliligini inobatga olgan holda, moliyaviy jihatdan a’lo darajadagi holatdamiz, dedi u.

Kapital.uz avvalroq Telegram so‘nggi uch yil ichida birinchi marta daromadga chiqqani va qiymat $1 mlrdni tashkil qilgani haqida ma’lum qilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM