Telegram so‘nggi uch yil ichida birinchi marta daromadga chiqdi
Messenjerning yillik daromadi $1 mlrdni tashkil qilib, Premium obunachilar sonini uch baravarga oshirgan
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Telegram messenjeri uch yillik monetizatsiyadan so‘ng birinchi marta foyda olishga erishdi. Bu haqda Pavel Durov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Telegram Premium obunachilari soni uch baravar yuqorilab, 12 mlndan ortgan. Reklama daromadlari ham sezilarli darajada o‘sdi. Natijada, platformaning yillik daromadi $1 mlrd dollardan oshdi, rezerv fondlarida esa $500 mln dollardan ortiq mablag‘ yig‘ilgan (kriptoaktivlar hisobga olinmagan).
Kompaniya so‘nggi to‘rt yil davomida 2 mlrd dollarga yaqin qarz chiqargan. Durov joriy yilning kuzida Telegram obligatsiyalarning qulay narxlari evaziga qarzning salmoqli qismini to‘lashga muvaffaq bo‘lganini, biroq bu borada hali ko‘p ishlar qilinishi kerakligini ta’kidladi.
Durovning so‘zlariga ko‘ra, yangi monetizatsiya vositalari, jumladan, Stars, Gifts, Giveaways, Mini Apps, Telegram Business va Telegram Gateway, ijtimoiy tarmoqlar mustaqil bo‘lib, foydalanuvchilar huquqlarini hurmat qilgan holda moliyaviy barqaror bo‘lishi mumkinligini isbotladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ