“TBC Uzbekistan” birinchi chorakda sof foydani 15% ga oshirdi

Operatsion daromad 744 mlrd so‘mgacha o‘sdi, iste’mol kreditlari bozoridagi ulushi esa 17% ga yetdi

“TBC Uzbekistan” birinchi chorakda sof foydani 15% ga oshirdi

TBC Bank Uzbekistan” 2025-yil 1-choragi uchun MHXS bo‘yicha moliyaviy natijalarni e’lon qildi. Kredit portfeli 121 %ga, depozit portfeli 85 %ga o‘sdi. Umumiy operatsion daromad 744 milliard so‘mni tashkil etdi. Kompaniya bu haqda Kapital.uz’ga ma’lum qildi. 

London fond birjasida ro‘yxatga olingan “TBC Bank Group” tarkibidagi “TBC Bank Uzbekistan” jismoniy shaxslar va kichik biznes uchun mo‘ljallangan raqamli bank, to‘lovlar bo‘yicha “Payme” va muddatli to‘lov xizmatlarini taklif etuvchi ekotizimni boshqaradi.

2025-yil 31-mart holatiga ko‘ra, kompaniya kredit portfelini 10,047 trillion so‘mgacha yetkazdi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 121 %ga o‘sishni anglatadi. Kompaniya iste’mol kreditlari bozorining 17,1 % ulushiga ega bo‘lib, “TBC Bank Group”dagi ta’minlanmagan iste’mol kreditlarining 53 %ini tashkil etdi.

Depozit portfeli esa 5,7 trillion so‘mga yetdi, bu esa 85 % yillik o‘sishni bildiradi. Bu bilan kompaniya O‘zbekistondagi umumiy jismoniy shaxslar depozitlarining 4 %ini egallagan.

Raqamli ekotizim foydalanuvchilari soni 19,7 millionga, faol oylik foydalanuvchilar soni esa 6,1 millionga yetdi.

Daromad ham sezilarli o‘sdi — operatsion daromad 744 milliard so‘mni, sof foyda esa 98 milliard so‘mni tashkil etdi. Bitta martalik kredit yo‘qotish zaxiralari hisobga olinmagan holda sof foyda 190 milliard so‘mni, kapital rentabelligi esa 26,5 %ni tashkil etdi.

Yangi mahsulotlar — “Salom Card”, “Osmon Card”, “Payme Plus” obunasi va “TBC Business” uchun mo‘ljallangan KO‘B kreditlari joriy etildi.

Sun’iy intellekt asosidagi texnologiyalarni joriy qilish orqali mijozlarni jalb qilish xarajatlari kamaydi, konversiya 30 %ga oshdi. “TBC Bank Uzbekistan” nutq texnologiyasi platformasini ishlab chiqdi va Telegram’dagi AI yordamchisini ishga tushirdi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Aprel oyida Markaziy bankning oltin zaxiralari rekord darajaga — $49,25 mlrdga yetdi
/
Aprel oyida Markaziy bankning oltin zaxiralari rekord darajaga — $49,25 mlrdga yetdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
Xorijiy banklar Markaziy bankda akkreditatsiya uchun hujjat topshirishi mumkin bo‘ladi
/
Xorijiy banklar Markaziy bankda akkreditatsiya uchun hujjat topshirishi mumkin bo‘ladi