TBC O‘zbekistonda birinchi to‘liq raqamli biznes bank xizmatini ishga tushirdi
Xizmat orqali kichik va o‘rta biznes vakillari har qanday to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin
Фото: TBC
“TBC Uzbekistan” kichik va o‘rta biznes uchun birinchi to‘liq raqamli bank servisi – “TBC Business” xizmatini ishga tushirganini e’lon qildi.
Bu xizmat “TBC Uzbekistan” yangi mijoz segmentlariga chiqish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish strategiyasining bir qismi hisoblanadi.
“TBC Uzbekistan” platformasi va davlat xizmatlarining keng ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish natijasida ro‘yxatdan o‘tish jarayoni to‘liq raqamli ko‘rinishda amalga oshiriladi. Hisob ochishda ma’lumotlar bir necha daqiqada avtomatik tarzda tekshiriladi va rasmiy hujjat talab qilinmaydi.
“TBC Business” xizmatida kecha-kunduz har qanday to‘lovlar, operatsiyalarni amalga oshirish, shuningdek, xodimlarning akkauntga kirish huquqlarini sozlash imkoniyatlari taqdim etiladi.
Bank 2025-yil kuziga qadar kichik va o‘rta biznes uchun aylanma mablag‘larni kreditlash xizmatini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o’tamiz,“TBC Uzbekistan” London fond birjasida ro‘yxatga olingan “ TBC Bank Group” tarkibiga kiradi. U uchta fintech biznesini o‘z ichiga oladi: TBC UZ mobil banki, “Payme” ilovasi, va “Payme Nasiya” muddatli to‘lov xizmati.
2024-yilda bankning mijozlar bazasi 17 mlnga yetib, sof foydasi $27 mlnni tashkil qilgan. Kredit va depozit portfellari hajmi mos ravishda 99% va 66% ga oshdi.
“TBC Business” – kichik va o‘rta biznes (KO‘B) vakillariga barcha bank xizmatlari va tegishli amaliyotlarni masofadan turib boshqarish imkonini beruvchi platforma.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ