O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $17 mlrddan oshdi

Shundan eksport hajmi 24,4% ga oshib, import hajmi 2,3% ga kamaydi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $17 mlrddan oshdi

2025-yil yanvar-mart oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi $17,3 mlrdga yetdi va 2024-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan $1 371,0 mlnga yoki 8,6 % ga ko‘paydi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi $8 106,8 mlnga (2024-yilning yanvar-mart oyiga nisbatan 24,4% ga ko‘paydi) va import hajmi $9 194,8 mlnga (2,3% ga kamaydi) etdi. Hisobot davrida — $1 087,9 mln qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.

O‘zbekiston jahonning 173 davlati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (17,5%), Rossiyada (14,9%), Qozog‘istonda (5,9%), Turkiyada (3,5%) va Koreya Respublikasida (2,4%) qayd etilgan.

Eksport tarkibida tovarlar ulushi 78,6% ni tashkil etib, asosiy ulush sanoat tovarlari (11,1%), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (5,8%), kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (5,2%) va turli xil tayyor buyumlar (3,5%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

2025-yil yanvar-mart oyida tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlarimiz Rossiya (10,9%), Xitoy Xalq Respublikasi (5,6%), Afg‘oniston (3,9%), Qozog‘iston (3,8%), Turkiya (3,1%), Fransiya (2,7%), BAA (1,8%), Tojikiston (1,3%), Qirg‘iz Respublikasi (1,2%) va Pokiston (1,1%) kabi davlatlar bo‘lgan. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 35,4% ni tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston 2025-yil davomida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotiladi
/
O‘zbekiston 2025-yil davomida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotiladi
2025-yilda mamlakatda ishlab chiqarish hajmi 43 trlnga yetkaziladi
/
2025-yilda mamlakatda ishlab chiqarish hajmi 43 trlnga yetkaziladi
“Toshkent–Andijon” avtomagistralini qurish uchun arizalar berish muddati 21-maygacha uzaytirildi
/
“Toshkent–Andijon” avtomagistralini qurish uchun arizalar berish muddati 21-maygacha uzaytirildi