O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi $11,6 mlrdga yetdi

Mamlakat yil boshidan ketma-ket ikki oy, umumiy hisobda 5 oy davomida oltin sotish jarayonlarida ishtirok etmadi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi $11,6 mlrdga yetdi

2026-yilning yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $11,6 mlrdni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Milliy Statistika qo’mitasi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,1% yoki $767,4 mlnga oshgan.

Hisobot davrida eksport hajmi $3,55 mlrdni tashkil etib, 23,4%ga kamaydi. Import esa aksincha, 29,8%ga o‘sib, $8,06 mlrdga yetdi. Natijada tashqi savdo balansi $4,5 mlrd miqdorida manfiy shakllandi.

Eksportdagi pasayish asosan maxsus eksport hajmlarining qisqarishi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, ushbu omil hisobga olinmaganda, tovarlar eksporti 24%ga o‘sib, $2,1 mlrdni tashkil etdi.

E’tibor qilish kerakki, yil boshidan buyon mamlakat oltin eksportini amalga oshirmadi, ko’rsatkich 2025-yilning mos davrida $1,7 mlrdni tashkil qilgandi. Shuningdek, 2025 yilning oktabr–dekabr oylarida ham ushbu qimmatbaho metall yetkazib berilmagan.

O‘zbekiston hozirda 160 dan ortiq davlat bilan savdo aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Tashqi savdo aylanmasida eng katta ulush Xitoy (27,5%), Rossiya (18,3%) va Qozog‘istonga (7,2%) to‘g‘ri keladi.

Eksport tarkibida sanoat mahsulotlari (18,1%), oziq-ovqat va tirik hayvonlar (9,9%), kimyo mahsulotlari (9,6%) hamda tayyor mahsulotlar (8,5%) asosiy o‘rinni egalladi. Eng yirik eksport hamkorlari sifatida Rossiya, Xitoy, Afg‘oniston, Fransiya va Qozog‘iston qayd etildi.

Qishloq xo‘jaligi eksporti ham ijobiy dinamikani ko‘rsatdi. Xususan, ikki oy davomida 219,9 ming tonna meva-sabzavot eksport qilinib, bu o‘tgan yilga nisbatan 14%ga ko‘pdir.

Import tarkibida esa mashina va transport uskunalari yetakchi bo‘lib, umumiy hajmning 36,1%ini tashkil etdi. Shuningdek, sanoat tovarlari (14,3%) va kimyo mahsulotlari (11,9%) ham muhim ulushga ega.

Tahlillarga ko‘ra, import hajmining oshishi asosan tovarlar importining $1,7 mlrdga ko‘paygani hisobiga yuz bergan. Xizmatlar importi esa $844 mlnni tashkil etdi.

Import hamkorlari orasida Xitoy (34,9%), Rossiya (17,9%) va Qozog‘iston (8,4%) yetakchilik qilmoqda. Ushbu davlatlar umumiy importning 70%dan ortig‘ini ta’minlagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 1-avgustdan avtomobillar uchun Trade-In tizimi joriy etiladi
/
O‘zbekistonda 1-avgustdan avtomobillar uchun Trade-In tizimi joriy etiladi
Rothschild & Co O‘zbekistonda yirik davlat korxonalarini IPOga chiqarishda ishtirok etadi
/
Rothschild & Co O‘zbekistonda yirik davlat korxonalarini IPOga chiqarishda ishtirok etadi
China Eastern Toshkent–Shanxay yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi
/
China Eastern Toshkent–Shanxay yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi