O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $35 mlrddan oshdi

Eksport hajmi $16,8 mlrdni, import esa $20,1 mlrdni tashkil qilmoqda

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $35 mlrddan oshdi

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $37 mlrdga yetib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,1% ga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Eksport hajmi $16,8 mlrdni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 29,1% ga ko‘paydi. Import esa 7% ga o‘sib, $20,1 mlrdga yetdi. Besh oylik savdo taqchilligi $1,6 mlrdni tashkil etdi.

Xitoy respublikaning eng yirik savdo hamkori bo‘lib qolmoqda, uning ulushi $6,5 mlrd (17,7%) ni tashkil etadi. Undan keyin Rossiya — $6 mlrd (16,3%) va Qozog‘iston — $2,2 mlrd (6%) o‘rin olgan. Yetakchi beshlikka Turkiya — $1,3 mlrd (3,6%) va Janubiy Koreya — $837,1 mln (2,3%) ham kiradi.

Umuman olganda, O‘zbekiston 194 ta mamlakat bilan savdo-sotiq aloqalarini olib bormoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sherzodxon Qudratxo‘ja Milliy media assotsiatsiyasi rahbari lavozimini tark etdi
/
Sherzodxon Qudratxo‘ja Milliy media assotsiatsiyasi rahbari lavozimini tark etdi
“O‘zbekneftgaz”da investitsiyalar samaradorligini nazorat qiluvchi qo‘mita tuzildi
/
“O‘zbekneftgaz”da investitsiyalar samaradorligini nazorat qiluvchi qo‘mita tuzildi
Farmatsevtika va dorivor o‘simliklar loyihalariga soliq imtiyozlari beriladi
/
Farmatsevtika va dorivor o‘simliklar loyihalariga soliq imtiyozlari beriladi