2025-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $24,6 mlrdni tashkil etdi

Xususan, eksport hajmi $11,9 mlrdga, import esa $12,7 mlrdga yetgan

2025-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $24,6 mlrdni tashkil etdi

2025-yil yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $24,6 mlrdni tashkil etdi, bu esa 2024-yilning shu davriga nisbatan 16,3% ga yuqori hisoblanadi. Bu haqda Milliy statistika qo’mitasi ma’lum qilmoqda.

2025-yilning dastlabki to‘rt oyida eksport hajmi $11,9 mlrdga yetdi, import esa $12,7 mlrdni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonning asosiy import hamkorlari quyidagilar davlatlar bo’ldi:

  • Xitoy — $3,6 mlrd;
  • Rossiya — $2,5 mlrd;
  • Qozog‘iston — $1,0 mlrd.

Eksport tuzilmasida esa yetakchi hamkorlar — Rossiya ($1,2 mlrd), Xitoy ($0,6 mlrd) va Afg‘oniston ($0,4 mlrd) bo‘ldi.

2025-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekiston tomonidan eksport qilingan oltin hajmi $5,5 mlrdni tashkil etdi, 2024-yilning shu davrida — $3,4 mlrd bo’lgan. Faqatgina mart va aprel oylarida qimmatbaho metal eksporti har oy uchun $1,9 mlrdga yetgan.

Shuningdek, aprel oyida oltin narxi tarixda ilk bor bir troya unsiyasi uchun $3 500 darajasidan oshdi, biroq oy yakuniga kelib $3 300 atrofida korreksiya bo’ldi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Vengriya kompaniyasi O‘zbekistondagi AESlarda quruq sovitish texnologiyalarini joriy etadi
/
Vengriya kompaniyasi O‘zbekistondagi AESlarda quruq sovitish texnologiyalarini joriy etadi
Toshkentda uy-joy daromadi yillik 6,2% ga tushdi
/
Toshkentda uy-joy daromadi yillik 6,2% ga tushdi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun ko‘tarilmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun ko‘tarilmoqda