Toshkent shahri uchun 200 dona elektrobuslar xaridi loyihasi ishlari boshlandi

Xarid komissiyasi “Yutong” kompaniyasini g‘olibi deb topdi

Toshkent shahri uchun 200 dona elektrobuslar xaridi loyihasi ishlari boshlandi

Toshkent shahri jamoat transportini rivojlantirish yo‘nalishida 2025-yilda 200 dona elektrobuslar va ular uchun quvvatlash uskunalari xaridi loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Mazkur xaridlarni amalga oshirish maqsadida, o‘tkazilgan eng yaxshi takliflar tanlovida Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan taklif etilgan uchta kompaniya – “BYD Auto Industry Co., Ltd.”, “YUTONG BUS Co., Ltd.” va “ZHONGTONG BUS HOLDING Co., Ltd.” ishtirok etdi.

“Toshshahartransxizmat” AJ harakat tarkibini yangilash maqsadida o‘tkazilgan tanlov natijalari bo‘yicha takliflari qo‘yilgan talablarga to‘liq javob bera olgan kompaniya sifatida “YUTONG BUS Co., Ltd.” kompaniyasi aniqlandi hamda Xarid komissiyasi ning qaroriga asosan tanlov g‘olibi deb eʼlon qilindi.

Xabarda aytilishicha, mazkur xarid qilinadigan elektrobuslar Toshkent shahridagi mavjud avtobus yo‘nalishlarining harakat tarkibi sonini ko‘paytirilishi va yangi tashkil etiladigan yo‘nalishlarda tasarruf etilishi rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
/
“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
/
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi
/
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi