O‘zbekistonda “Tashabbusli byudjet”ning 10-mavsumi fevral oyida boshlanadi

Loyihalarni qabul qilish va saralash jadvali tasdiqlandi

O‘zbekistonda “Tashabbusli byudjet”ning 10-mavsumi fevral oyida boshlanadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-fevraldan “Tashabbusli byudjet” loyihasining o‘ninchi mavsumi boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dastur joriy yilda besh bosqichda amalga oshiriladi. Jarayon quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

  • 1–20-fevral — fuqarolardan loyiha takliflarini qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • 21-fevral – 7-mart — kelib tushgan arizalarni saralash va tahlil qilish;
  • 8–10-mart — loyihalarni targ‘ib qilish bosqichi;
  • 11–20-mart — ovoz berish jarayoni;
  • 21–31-mart — natijalarni e’lon qilish.

Dastlabki natijalar 21-mart kuni e’lon qilinadi. Oy oxiriga qadar moliyalashtiriladigan loyihalar ro‘yxati shakllantiriladi.

Tashabbusli byudjet” loyihasi orqali mahallalarda infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uztelecom 1 000 dan ortiq baza stantsiyalarini modernizatsiya qildi va butun mamlakat bo‘ylab 5G tarmog‘ini qurmoqda
/
Uztelecom 1 000 dan ortiq baza stantsiyalarini modernizatsiya qildi va butun mamlakat bo‘ylab 5G tarmog‘ini qurmoqda
Sigaret xaridida naqd pulni taqiqlash: tezlashtirilgan raqamlashtirishmi yoki byudjet uchun xavfmi?
/
Sigaret xaridida naqd pulni taqiqlash: tezlashtirilgan raqamlashtirishmi yoki byudjet uchun xavfmi?
Toshkentda pullik avtoturargohlar tarmog‘i kengaytiriladi
/
Toshkentda pullik avtoturargohlar tarmog‘i kengaytiriladi