O‘zbekistonda “Tashabbusli budjet” doirasida avtomobil yoki rahbarlar uchun mebel jihozlari sotib olish taqiqlandi

Shuningdek, loyihada mustaqil oliy ta’lim tashkilotlari ishtirok etmaydi

O‘zbekistonda “Tashabbusli budjet” doirasida avtomobil yoki rahbarlar uchun mebel jihozlari sotib olish taqiqlandi

“Tashabbusli budjet” doirasida barcha turdagi avtomobillar, rahbar xodimlar uchun mebel jihozlari hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga oid jihozlar (radar, jamoat joylaridagi kuzatuv kameralari va boshqalar) ni xarid qilish taqiqlanishi belgilandi

Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-V-34-sonli qaroriga asosan “Tashabbusli budjet” jarayonini o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.  

Mazkur qarorga ko‘ra, “Tashabbusli budjet” doirasida ijtimoiy loyihalarga ko‘proq e’tibor qaratish hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni moliyalashtirish maqsadida moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlarining ishtiroki cheklanmoqda. 

Shuningdek, har yili tuman va shahar budjetidan 10 tadan kam bo‘lmagan, ko‘pi bilan 30 ta loyiha uchun yetarli mablag‘ ajratilishi belgilandi. Bunda 10 tadan ortiq loyiha uchun mablag‘lar tuman yoki shahar aholisining tegishli hududdagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Ma’lumot uchun: hozirgi kunda loyihalarning eng yuqori chegaraviy qiymati 1,5 mlrd so‘mni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, tuman va shahar budjetidan ajratiladigan mablag‘larning eng kam miqdori 15 mlrd so‘m, eng yuqori miqdori esa 45 mlrd so‘m etib belgilandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2024-yilning dekabrida ham ikkilamchi avtomobil bozorida faollik pasaydi
/
2024-yilning dekabrida ham ikkilamchi avtomobil bozorida faollik pasaydi
2025-yilda kichik biznes loyihalariga jami 120 trln so‘m kredit ajratiladi
/
2025-yilda kichik biznes loyihalariga jami 120 trln so‘m kredit ajratiladi
Qashqadaryoda “Startup Garage” loyihasining yangi filiali ochildi
/
Qashqadaryoda “Startup Garage” loyihasining yangi filiali ochildi