15.7.2025 | 11:33
“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi boshlandi
Loyiha kiritish bosqichi 15-iyuldan 3-avgustgacha qadar davom etadi

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Bugun, 15-iyuldan “Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025 yilgi 2-mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Jarayonlar quyidagi sanalarda:
- loyiha kiritish bosqichi — 15-iyul – 3-avgust;
- saralash bosqichi — 4–18 avgust;
- targ‘ibot bosqichi — 19–21 avgust;
- ovoz berish bosqichi — 22–31 avgust kunlari o‘tkaziladi.
Joriy yildagi 2-mavsum g‘oliblari 1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.
Shuningdek, O‘zbekiston bo‘ylab 823 ta mahalla, jumladan, ularda joylashgan muassasalarga “Tashabbusli budjet” ning 15 iyuldan boshlanadigan 2-mavsumi, shuningdek, kelasi yil 1-mavsumida qatnashishga tanaffus beriladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ